QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ash-Shu'ara surasi · Oyatсураси · Оят189

فَكَذَّبُوهُ فَأَخَذَهُمْ عَذَابُ يَوْمِ ٱلظُّلَّةِ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ عَذَابَ يَوْمٍ عَظِيمٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, ular u(Shu'ayb)ni yolg`onchi qildilar. Bas, ularni «soyabon» kuni azobi tutdi. Albatta, u ulug` kunning azobi edi.Бас, улар у(Шуъайб)ни ёлғончи қилдилар. Бас, уларни «соябон» куни азоби тутди. Албатта, у улуғ куннинг азоби эди.Alauddin Mansour: Bas, ular (Shuʼaybni) yolgʻonchi qilishgach, ularni «soyabon» kunining azobi ushladi. Darhaqiqat, u ulugʻ-dahshatli kunning azobi edi.Бас, улар (Шуъайбни) ёлғончи қилишгач, уларни «соябон» кунининг азоби ушлади. Дарҳақиқат, у улуғ-даҳшатли куннинг азоби эди.

375-sahifa · 19-juz · 38-hizb375-саҳифа · 19-жуз · 38-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَكَذَّبُوهُbas, uni yolgʻonchi qildilarбас, уни ёлғончи қилдиларفَأَخَذَهُمْbas, ularni tutdiбас, уларни тутдиعَذَابُazobiазобиيَوْمِkuniкуниٱلظُّلَّةِ ۚ«soyabon»«соябон»إِنَّهُۥalbatta, uалбатта, уكَانَediэдиعَذَابَazobiазобиيَوْمٍkunningкуннингعَظِيمٍulugʻулуғ
TafsirТафсир

«Soyabon» kuni degani, ularning azobga duchor boʻlishining asosiy vositasiga ishoradir. Alloh taolo Ayka xalqini azobga duchor etishni iroda qilganida havoni oʻta isitib yubordi. Hammayoq qattiq isib, nafas olib boʻlmaydigan darajaga yetdi. Shunda pastlab kelayotgan bulut paydo boʻldi. Bulut ularga soyabon boʻlib koʻrindi. Hammalari oʻzlarini bulut soyasiga urdilar. Jinoyatchi qavmning hammasi bulut soyasiga kirib boʻlgandan soʻng, birdan chaqmoq chaqib, bulutdan oʻt-olov chiqib ularni halok etdi.

Bu ularning manmanlik ila oʻz Paygʻambarlari Shuayb alayhissalomga: «Agar rostgoʻylardan boʻlsang, ustimizdan osmonning bir boʻlagini tashlavor», deganlariga yarasha jazo edi. Ularning ustidan osmonning bir boʻlagi emas, bir parchagina bulutning ichidan balo tushirildi. Shu bilan barchalari halok boʻldilar.