بِلِسَانٍ عَرَبِىٍّ مُّبِينٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ochiq-oydin arab tilida.Очиқ-ойдин араб тилида.Alauddin Mansour: Ochiq-ravshan arabiy til bilan (nozil qildi).Очиқ-равшан арабий тил билан (нозил қилди).
Ushbu oyati karimadagi «Ruhul Amiyn»dan murod, Qurʼoni Karimning boshqa joylaridagi kabi, Jabroil farishta alayhissalom; «ogohlantirguvchilardan» degani esa, «Paygʻambarlardan» degan maʼnoni bildiradi.
Binobarin, ushbu uch oyatning maʼnosi quyidagicha boʻladi: Ey Muhammad, Qurʼonni Jabroil sening qalbingga Paygʻambarlardan boʻlishing uchun ravshan arab tilida olib tushdi.
Ushbu vasflardan kelib chiqib, Qurʼon ilmlari boʻyicha mutaxassis olimlar Qurʼoni Karimni Allohning Jabroil orqali Muhammad sollallohu alayhi vasallamning qalblariga tushirgan moʻʼjiza kalomidir, deb taʼriflaydilar. Shunga binoan, Allohning kalomidan boshqa narsa Qurʼon boʻlmaydi. Jabroil alayhissalom Allohning kalomini Muhammad sollallohu alayhi vasallamning qalblariga olib tushsa va unda moʻʼjiza boʻlsa, Qurʼon hisoblanadi. Agar Allohning kalomini Jabroil alayhissalom Muhammad sollallohu alayhi vasallamning qalblariga olib kelsa-yu, moʻʼjizaligi boʻlmasa, hadisi qudsiy sanaladi. Shuningdek, oyatda Qurʼon «ochiq-oydin arab tilida» ekanligi ham taʼkidlanmoqda. Qurʼoni Karim boshqa tilga oʻgirilsa, Qurʼonligi qolmaydi. Uning biror soʻzini boshqa bir arabcha soʻz bilan almashtirilsa ham, Qurʼonligi qolmaydi. Shunday boʻlgandan keyin, «oʻzbekcha Qurʼon», «tojikcha Qurʼon» yoki shu kabi iboralarni qoʻllash mutlaqo notoʻgʻridir. Ularga «Qurʼoni Karim maʼnolarining oʻzbekcha yoki tojikcha tarjimasi» deyiladi.
Keyingi oyatlarda ham Qurʼoni Karimning vasfi davom etadi: