ثُمَّ جَآءَهُم مَّا كَانُوا۟ يُوعَدُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: So`ngra ularga va'da qilingan narsa kelsa.Сўнгра уларга ваъда қилинган нарса келса.Alauddin Mansour: Soʻngra ularga vaʼda qilingan narsalar (yaʼni, azob) kelsa,Сўнгра уларга ваъда қилинган нарсалар (яъни, азоб) келса,
Oxiri voy boʻlgan huzurning nima keragi bor? Afsuski, odamlar buni tushunib yetmaydilar. Besh kunlik dunyoning oʻtkinchi huzurhalovatini deb u dunyoning abadiy azob-uqubatini sotib oladilar. Bu dunyodagi butun huzur-halovatni u dunyoning bir lahzalik azobuqubati bosib ketadi. «Aytgin-chi, agar Biz ularni yillarcha huzurlantirsak-da...» Boringki, ular umr boʻyi nima huzur boʻlsa, oʻshanga koʻmilib oʻtgan boʻlsa... «...soʻngra ularga vaʼda qilingan narsa kelsa...» Yaʼni, qiyomatdagi doʻzax azobi kelsa. «...oʻsha huzurlanib yurgan narsalari nimaga asqotur?!» Jahannamning zarracha azobini ulardan qaytara oladimi? Bunday boʻlishi tugul, oʻsha azobni koʻrganlaridayoq huzur-halovatning hammasi yodlaridan chiqib ketadi. Ushbu oyati karima tafsirida Hofiz ibn Kasir rahmatullohi alayhi quyidagi sahih hadisni keltiradilar: «Kofir olib kelinib jahannam oloviga kiritib chiqariladida, soʻngra unga: «Hech yaxshilik koʻrganmisan? Hech neʼmat koʻrganmisan?» deyiladi. U esa: «Ey Robbim, Allohga qasamki, koʻrmaganman», deydi. Keyin dunyoda eng qiyinchilik tortib oʻtgan odam keltirilib jannatga bir tushirib olinadi-da, soʻngra unga: «Hech qiyinchilik koʻrganmisan?» deyiladi. U esa: «Ey Robbim, Allohga qasamki, koʻrganim yoʻq», deydi. Bandalar shunchalik gumrohlik qilsalar ham, Alloh taolo odilona tasarrufda bardavom boʻlaverishi kelasi oyatlarda bayon etiladi: