QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ash-Shu'ara surasi · Oyatсураси · Оят205

أَفَرَءَيْتَ إِن مَّتَّعْنَـٰهُمْ سِنِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Aytging-chi, agar Biz ularni yillarcha huzurlantirsak-da.Айтгинг-чи, агар Биз уларни йилларча ҳузурлантирсак-да.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), xabar bering-chi, agar Biz ularni (uzoq) yillar (sihat-salomatlik, mol-davlat bilan) foydalantirsak-da,(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), хабар беринг-чи, агар Биз уларни (узоқ) йиллар (сиҳат-саломатлик, мол-давлат билан) фойдалантирсак-да,

375-sahifa · 19-juz · 38-hizb375-саҳифа · 19-жуз · 38-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَفَرَءَيْتَaytgin-chiайтгин-чиإِنagarагарمَّتَّعْنَـٰهُمْularni huzurlantirsakуларни ҳузурлантирсакسِنِينَyillarchaйилларча
TafsirТафсир

Oxiri voy boʻlgan huzurning nima keragi bor? Afsuski, odamlar buni tushunib yetmaydilar. Besh kunlik dunyoning oʻtkinchi huzurhalovatini deb u dunyoning abadiy azob-uqubatini sotib oladilar. Bu dunyodagi butun huzur-halovatni u dunyoning bir lahzalik azobuqubati bosib ketadi. «Aytgin-chi, agar Biz ularni yillarcha huzurlantirsak-da...» Boringki, ular umr boʻyi nima huzur boʻlsa, oʻshanga koʻmilib oʻtgan boʻlsa... «...soʻngra ularga vaʼda qilingan narsa kelsa...» Yaʼni, qiyomatdagi doʻzax azobi kelsa. «...oʻsha huzurlanib yurgan narsalari nimaga asqotur?!» Jahannamning zarracha azobini ulardan qaytara oladimi? Bunday boʻlishi tugul, oʻsha azobni koʻrganlaridayoq huzur-halovatning hammasi yodlaridan chiqib ketadi. Ushbu oyati karima tafsirida Hofiz ibn Kasir rahmatullohi alayhi quyidagi sahih hadisni keltiradilar: «Kofir olib kelinib jahannam oloviga kiritib chiqariladida, soʻngra unga: «Hech yaxshilik koʻrganmisan? Hech neʼmat koʻrganmisan?» deyiladi. U esa: «Ey Robbim, Allohga qasamki, koʻrmaganman», deydi. Keyin dunyoda eng qiyinchilik tortib oʻtgan odam keltirilib jannatga bir tushirib olinadi-da, soʻngra unga: «Hech qiyinchilik koʻrganmisan?» deyiladi. U esa: «Ey Robbim, Allohga qasamki, koʻrganim yoʻq», deydi. Bandalar shunchalik gumrohlik qilsalar ham, Alloh taolo odilona tasarrufda bardavom boʻlaverishi kelasi oyatlarda bayon etiladi: