وَمَآ أَهْلَكْنَا مِن قَرْيَةٍ إِلَّا لَهَا مُنذِرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz biron shahar-qishloqni halok qilgan bo`lsak, albatta, uning ogohlantirguvchilari bo`lgan.Биз бирон шаҳар-қишлоқни ҳалок қилган бўлсак, албатта, унинг огоҳлантиргувчилари бўлган.Alauddin Mansour: Biz biron qishloq-shaharni halok qilmadik, magar uning uchun (azob-halokatdan) ogohlantirguvchi (paygʻambarlar) boʻlgan.Биз бирон қишлоқ-шаҳарни ҳалок қилмадик, магар унинг учун (азоб-ҳалокатдан) огоҳлантиргувчи (пайғамбарлар) бўлган.
Yaʼni, oldin ogohlantirguvchi–Paygʻambarlar yubormay turib, biron shahar yoki qishloqni halok qilganimiz yoʻq. Aslida, bandalarning isyonkorligi halok qilish uchun yetarli edi. Ammo, yana ham aniqroq boʻlsin uchun, Alloh taolo isyonkorlarga Paygʻambar yuborib ularni ogohlantirishni topshiradi. Ogohlantirish ham foyda bermaganidan keyingina ular halok qilinadi. Ularni bunday halokatga uchratish: