وَأَنذِرْ عَشِيرَتَكَ ٱلْأَقْرَبِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va yaqin qarindoshlaringni ogohlantir.Ва яқин қариндошларингни огоҳлантир.Alauddin Mansour: Va yaqin qarindosh-urugʻlaringizni (Allohning azobidan) ogohlantiring!Ва яқин қариндош-уруғларингизни (Аллоҳнинг азобидан) огоҳлантиринг!
Ushbu oyati karima nozil boʻlganidan keyin Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam Safo tepaligiga chiqib: «Oʻ sabohoh!» deb qichqirdilar. Odamlar u kishining huzurlariga toʻplandi. Kimdir oʻzi keldi. Kimdir odamini yubordi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularga qarab:
«Ey, Bani Abdulmuttolib! Ey Bani Fehr! Ey, Bani Luaʼy! Aytinglar-chi, agar men sizga togʻning ortida otliqlar sizlarni gʻorat qilishga shay boʻlib turibdi, desam, ishonasizlarmi?!» dedilar. Ular:
«Ha, ishonamiz!» dedilar. Ul zot sollallohu alayhi vasallam:
«Albatta, men sizlarga shiddatli azobdan oldin kelgan ogohlantirguvchiman», dedilar.
Shunday qilib Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oʻzlariga nozil boʻlgan oyatga muvofiq yaqin qarishdoshlarini ogohlantira boshladilar. Ul zot sollallohu alayhi vasallam faqat bu bilan kifoyalanib qolmay, eng yaqin shaxslarni ham ogohlantirdilar.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda shunday deyiladi:
«Ushbu oyat nozil boʻlganidan keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qurayshliklarni ham umumiy, ham xususiy ravishda daʼvat qildilar. Ul zot sollallohu alayhi vasallam:
«Ey, qurayshliklar, oʻzingizni doʻzax oʻtidan qutqaringlar! Ey, Bani Kaʼb jamoasi, oʻzingizni doʻzax oʻtidan qutqazing! Ey, Fotima Muhammad qizi, oʻzingni doʻzax oʻtidan qutqar! Allohga qasamki, men sizlardan Allohning biror narsasini qaytarishga molik emasman», dedilar».