وَأَنَّهُمْ يَقُولُونَ مَا لَا يَفْعَلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va o`zlari qilmaydigan ishlarni aytishini ko`rmadingmi?Ва ўзлари қилмайдиган ишларни айтишини кўрмадингми?Alauddin Mansour: Va oʻzlari qilmaydigan narsalarni aytishlarini (koʻrmadingizmi?!)Ва ўзлари қилмайдиган нарсаларни айтишларини (кўрмадингизми?!)
Bu oyatlar Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamni shoir, Qurʼoni Karimni sheʼr deganlarga javobdir. Insoniyat tarixiga nazar solinsa, hech bir shoir Paygʻambar boʻlib kishilarni hidoyatga boshlamagan. Shoirlarga birov ergashmaydi. Ergashsa ham, gumroh, yoʻldan ozganlar ergashadi. Undan keyin, shoirlarning sobit shaxsiyatlari, oʻz hayot tarzlari va sheʼr aytish ishlarida hech subutlari yoʻq. Shuning uchun ham:
«Ularning har vodiyda daydishini» koʻrmadingmi?–deyilmoqda.
Shoirlar bir kun buni aytsa, ertasiga boshqasini aytib turaverishadi. Ular kim bir oz narsa bersa, oʻshani maqtashadi. Kimdan hech bir manfaat chiqmasa, uni hajv qilishadi. Birovni avval maqtab, keyin yomonlab, soʻngra yana qayta maqtashlari ham mumkin. Shuningdek, fisqu fujur, turli bemaza vasflar, maddohliklar va oʻzini anglagan odam tabiatiga mutlaqo toʻgʻri kelmaydigan gap-soʻz va ishlar shoirlardan sodir boʻladi. Ichkilik ichmasdan, fosiqlik etmasdan shoirlik qilganlar juda kam. Buning ustiga, shoirlar
«qilmaydigan ishlarni aytishlari» bilan ajralib turadilar. Shoir oʻz sheʼrida ajoyib maʼnolarni, hikmatli soʻz va nasihatlarni aytishi mumkin, ammo oʻzi unga mutlaqo amal qilmaydi. Bunday odam qanday qilib oʻzgalarni hidoyatga boshlashi mumkin?
Kelgusi oyatda mazkur vasflardan mustasno boʻlgan shoirlar ham borligi taʼkidlanadi: