QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ash-Shu'ara surasi · Oyatсураси · Оят227

إِلَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ وَذَكَرُوا۟ ٱللَّهَ كَثِيرًا وَٱنتَصَرُوا۟ مِنۢ بَعْدِ مَا ظُلِمُوا۟ ۗ وَسَيَعْلَمُ ٱلَّذِينَ ظَلَمُوٓا۟ أَىَّ مُنقَلَبٍ يَنقَلِبُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Magar, iymon keltirib, solih amallar qilganlar, Allohni ko`p zikr etganlar va mazlum bo`lganlaridan keyin nusrat qozonganlar (unday emaslar). Zulm qilganlar esa, tezda qaysi ag`darilish joyiga ag`darilishlarini bilurlar.Магар, иймон келтириб, солиҳ амаллар қилганлар, Аллоҳни кўп зикр этганлар ва мазлум бўлганларидан кейин нусрат қозонганлар (ундай эмаслар). Зулм қилганлар эса, тезда қайси ағдарилиш жойига ағдарилишларини билурлар.Alauddin Mansour: Magar iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan hamda doim Allohni yodda tutgan va (ilgari) mazlum boʻlganlaridan keyin (Islom zafar topgach), gʻolib boʻlgan kishilar (yaʼni, shoirlar yoʻldan ozdirguvchi emaslar). Zolim kimsalar esa yaqinida qanday oqibatga qarab ketayotganlarini bilib qolurlar.Магар иймон келтирган ва яхши амаллар қилган ҳамда доим Аллоҳни ёдда тутган ва (илгари) мазлум бўлганларидан кейин (Ислом зафар топгач), ғолиб бўлган кишилар (яъни, шоирлар йўлдан оздиргувчи эмаслар). Золим кимсалар эса яқинида қандай оқибатга қараб кетаётганларини билиб қолурлар.

376-sahifa · 19-juz · 38-hizb376-саҳифа · 19-жуз · 38-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِلَّاmagarмагарٱلَّذِينَular(ki)улар(ки)ءَامَنُوا۟iymon keltirganlarиймон келтирганларوَعَمِلُوا۟va qilganlarва қилганларٱلصَّـٰلِحَـٰتِsolih amallarniсолиҳ амалларниوَذَكَرُوا۟va zikr etganlarва зикр этганларٱللَّهَAllohniАллоҳниكَثِيرًۭاkoʻpкўпوَٱنتَصَرُوا۟va nusrat qozonganlarва нусрат қозонганларمِنۢ-dan-данبَعْدِkeyinкейинمَا…ganlaridan…ганлариданظُلِمُوا۟ ۗmazlum boʻlganlarмазлум бўлганларوَسَيَعْلَمُva tezda bilurlarва тезда билурларٱلَّذِينَular(ki)улар(ки)ظَلَمُوٓا۟zulm qilganlarзулм қилганларأَىَّqaysiқайсиمُنقَلَبٍۢagʻdarilish joyigaағдарилиш жойигаيَنقَلِبُونَagʻdarilishlariniағдарилишларини
TafsirТафсир

Hamma shoir ham har vodiyda daydiydigan, beamal gapiradigan boʻlavermas ekan. Agar shoir iymonli boʻlsa, yaxshi amallar bajarib, Allohni koʻp esga olsa, oʻzini xor qilmay, haqqini tanigan, zolimlar ustidan gʻolib keladigan boʻlsa, yaxshi, Allohning roziligini topgan shoir boʻlishi mumkin.

Sheʼr faqat fisqu fujur, qandaydir kazo-kazolarning maqtovi, bazmu jamshidlarning vasfi, qandaydir maʼshuqaning madhi, oh-voh va diydiyolar emas. Aksincha, sheʼr ezgulik, iymon, Islom xizmatchisi boʻlishi zarur. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, sheʼrdan hikmatlisi bordir», deganlar. Sheʼr orqali hikmatli, iymoniy, islomiy va insoniy tushunchalarni kishilarga yetkazish oʻziga xos ustunlikka egadir. Bunga Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning davrlarini misol qilib olish mumkin. Oʻsha saodat davrida yuqoridagi oyatda vasflari kelgan iymonli shoirlarning birinchi avlodi yashab oʻtgan.

Ulugʻ sahobiy Hasson ibn Sobit ularning yetakchisi edilar. U kishi bilan birga Kaʼb ibn Molik, Abdulloh ibn Ravoha, Abdulloh ibn Zabʼariy va boshqalar bor edi. Alloh taolo ularning barchasidan rozi boʻlsin.

Imom Ahmad ibn Hanbal Abdurrohman ibn Kaʼbdan, u kishi oʻz otalaridan quyidagi rivoyatni keltiradi. U kishi Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib:

«Alloh taolo shoirlar haqida hukmini nozil etib qoʻydimi?!» deganida, Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam:

«Albatta, moʻmin kishi qilichi va tili bilan jihod qiladi. Mening jonim qoʻlida boʻlgan Zotga qasamki, sizning ularga otadigan oʻqingiz kamon oʻqidan ham oʻtkirroqdir», degan ekanlar.

Chunonchi, oʻrni kelganda, moʻmin-musulmon shoirning sheʼri har qanday qurolning oʻqidan oʻtkirroq boʻlishi mumkin. Asrlar davomida turli musulmon xalqlardan yetuk iymonli shoirlar ham chiqib turgani barchani quvontiradi.

Dinga, diyonatga qarshi zolimlar esa:

«...tezda qaysi agʻdarilish joyiga agʻdarilishini bilurlar».