QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ash-Shu'ara surasi · Oyatсураси · Оят29

قَالَ لَئِنِ ٱتَّخَذْتَ إِلَـٰهًا غَيْرِى لَأَجْعَلَنَّكَ مِنَ ٱلْمَسْجُونِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Agar mendan boshqani iloh qilib olsang, albatta, men seni zindonbandlardan qilurman», dedi.У: «Агар мендан бошқани илоҳ қилиб олсанг, албатта, мен сени зиндонбандлардан қилурман», деди.Alauddin Mansour: (Firʼavn) dedi: «Qasamki, agar sen mendan oʻzgani iloh qilib oladigan boʻlsang, albatta men seni zindonband kimsalardan qilib qoʻyurman!»(Фиръавн) деди: «Қасамки, агар сен мендан ўзгани илоҳ қилиб оладиган бўлсанг, албатта мен сени зиндонбанд кимсалардан қилиб қўюрман!»

368-sahifa · 19-juz · 37-hizb368-саҳифа · 19-жуз · 37-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَdediдедиلَئِنِagarагарٱتَّخَذْتَqilib olsangқилиб олсангإِلَـٰهًاilohилоҳغَيْرِىmendan boshqaniмендан бошқаниلَأَجْعَلَنَّكَalbatta, seni qilurmanалбатта, сени қилурманمِنَ-dan-данٱلْمَسْجُونِينَzindonbandlardanзиндонбандлардан
TafsirТафсир

Avvaliga sir boy bermay, turli gaplarni aylantirib turgan Firʼavnning isitmasi dardini oshkor qildi. Uning Muso alayhissalomdan va u kishining daʼvatidan, haq soʻzlaridan qoʻrqishining asosiy sababi, hukmni qoʻldan chiqarishlik edi. Firʼavn Muso alayhissalomning aytganlari roʻyobga chiqib, hamma unga ergashib ketsa, men bir chetda qolaman, degan xavfda edi. Uning avvalgi gaplari hammasi munofiqlikdan iborat edi.

Muso alayhissalom nima deyayotganlarini juda yaxshi bilar edilar. Tepalarida Robbul olamiyn turganini chuqur his etardilar. Shuning uchun ham, qamab qoʻyish haqidagi tahdid u zotga zarracha taʼsir qilmadi. U kishi Firʼavnni toʻgʻri yoʻlga solishga yana bir bor urindilar.