قَالَ أَوَلَوْ جِئْتُكَ بِشَىْءٍ مُّبِينٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Agar men senga ochiq-oydin narsa keltirsam ham-a?» dedi.У: «Агар мен сенга очиқ-ойдин нарса келтирсам ҳам-а?» деди.Alauddin Mansour: (Muso) aytdi: «Agar men senga (oʻzimning haq paygʻambar ekanligimni dalolat qiladigan) ochiq narsa — moʻʼjiza keltirsam ham-a?»(Мусо) айтди: «Агар мен сенга (ўзимнинг ҳақ пайғамбар эканлигимни далолат қиладиган) очиқ нарса — мўъжиза келтирсам ҳам-а?»
Yaʼni, agar men senga oʻzimning haq Paygʻambar ekanimga, soʻzlarim haq ekaniga ochiq-oydin hujjat va dalil keltirsam ham, meni zindonbandlardan qilasanmi?
Koʻpchilikning oldida Muso alayhissalomni majnun deb eʼlon etgan Firʼavn hujjat toʻgʻrisida gap ketganda, odamlar shubha qilmasin deb, ehtimol keltira olmas, degan umid bilan hujjat keltirishlariga rozi boʻldi.