لَعَلَّكَ بَـٰخِعٌ نَّفْسَكَ أَلَّا يَكُونُوا۟ مُؤْمِنِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ehtimol, (ular) mo`min bo`lmaganlari uchun sen o`zingni halok qilmoqchidirsan?!Эҳтимол, (улар) мўмин бўлмаганлари учун сен ўзингни ҳалок қилмоқчидирсан?!Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ehtimol siz (Makka mushriklari) moʻmin boʻlmaganlari uchun oʻzingizni halok qilguvchidirsiz. (Undoq qilmang, chunki);(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), эҳтимол сиз (Макка мушриклари) мўмин бўлмаганлари учун ўзингизни ҳалок қилгувчидирсиз. (Ундоқ қилманг, чунки);
Yaʼni, ey Muhammad, ehtimol, anavi kofirlar moʻmin boʻlmaganlari uchun ularga achinib, kuyunib, oʻzingni qiynamoqchi, halok qilmoqchidirsan?!
Albatta, bunda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga tasalli bor. Avvalo, Alloh taolo u kishiga kofirlarning iymonga kelmaganlari uchun ich-ichlaridan afsus-nadomat chekib, oʻzlarini qiynayotganlarini bilib turganidan xabar bermoqda. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam uchun esa, Robbilarining bu holatdan xabar berishidan koʻra kattaroq tasalli yoʻq. Ayni paytda, bu xabar Muhammad sollallohu alayhi vasallam mushriklarning muomalalaridan qanchalik qiyin ahvolga tushayotganlarini ham bildiradi. Chunki, oʻzini halok etish fikri Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamdek zotga oʻzidan-oʻzi kelavermaydi.