إِن نَّشَأْ نُنَزِّلْ عَلَيْهِم مِّنَ ٱلسَّمَآءِ ءَايَةً فَظَلَّتْ أَعْنَـٰقُهُمْ لَهَا خَـٰضِعِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar xohlasak, ularga osmondan oyat-mo`'jiza nozil qilamiz. Bas, ularning bo`yinlari unga egilib qoladir.Агар хоҳласак, уларга осмондан оят-мўъжиза нозил қиламиз. Бас, уларнинг бўйинлари унга эгилиб қоладир.Alauddin Mansour: Agar Biz (ularning moʻmin boʻlishlarini) xohlasak, ularga osmondan oyat-moʻʼjiza nozil qilib, shu bilan boʻyinlari egilib qolardi. (Lekin Biz buni istamaymiz, zero iymon-ishonch nochor-noilojlikdan emas, balki qalb qanoati bilan ixtiyoriy boʻlishi lozimdir).Агар Биз (уларнинг мўмин бўлишларини) хоҳласак, уларга осмондан оят-мўъжиза нозил қилиб, шу билан бўйинлари эгилиб қоларди. (Лекин Биз буни истамаймиз, зеро иймон-ишонч ночор-ноиложликдан эмас, балки қалб қаноати билан ихтиёрий бўлиши лозимдир).
Agar yuborgan Paygʻambarimizga, tushirgan kitobimizga mushriklar iymon keltirmasalar, boʻyin egmasalar, ularni qabul etmasalar,
«...xohlasak, ularga osmondan oyat-moʻʼjiza nozil qilamiz».
Moddiy, hech inkor qilib boʻlmaydigan bir moʻʼjiza tushiramizki,
«Bas, ularning boʻyinlari unga egilib qoladir».
Boʻyinlari egilishdan boshqa iloj qolmaydi. Lekin Alloh taolo bunday qilmadi. Odamlarni majburlab boʻynini egishni xohlamadi. Soʻnggi, olamshumul dinining majburlash dini boʻlishini hech istamadi. Asosiy moʻʼjiza sifatida moddiy, majburiy moʻʼjizani ixtiyor etmadi. Islomning asosiy moʻʼjizasi oʻlaroq maʼnaviy moʻʼjizani–Qurʼoni Karimni ixtiyor qildi. Odamlar biror moddiy narsadan qoʻrqqanlaridan emas, oʻqib-oʻrganib ilm hosil qilganlaridan, maʼnaviy-ruhiy ozuqa topganlaridan Islomga kirishlarini iroda etdi. Oqibatda Qurʼoni Karim qiyomatgacha bitmas-tuganmas ilohiy moʻʼjiza boʻlib qoldi.
Kofirlarning shunday moʻʼjizani inkor qilayotgani yangilik emas. Qadimdan: