وَقِيلَ لِلنَّاسِ هَلْ أَنتُم مُّجْتَمِعُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va odamlarga: «Sizlar to`planib bo`ldingizmi?Ва одамларга: «Сизлар тўпланиб бўлдингизми?Alauddin Mansour: Va odamlarga: «Sizlar ham toʻplanib boʻldinglarmi?Ва одамларга: «Сизлар ҳам тўпланиб бўлдингларми?
Turli munosabatlar ila odamlarni toʻplash, oʻsha ommaviy yigʻinlar bilan ularni chalgʻitish va oʻziga mahliyo etish ham tugʻyonkor hokimlarning odati. Sehrgarlar bilan Muso alayhissalom tortishuvi fursatini gʻanimat bilib rosa odam yigʻdilar. Ularni oʻziga qaratish uchun:
«Sizlar toʻplanib boʻldingizmi?» deyildi.
Soʻngra, tashviqot uchun, musobaqada sehrgarlar gʻolib chiqishi kerakligi ham aytib oʻtildi.
«Ajab ermas, ustun kelsalar, sehrgarlarga ergashsak», deyildi.»
Biroq Muso alayhissalomning gʻolib kelishlari ehtimoli eʼtiborga ham olinmadi.
Tugʻyonkor tuzumning siyosati doimo shunday, yaʼni, doimo oʻzini gʻolib, oʻzgani magʻlub koʻrsatadi.
Hamma narsa muborazani boshlashga tayyor turibdi. Ammo shu joyda tugʻyonkor tuzumning yana bir qusuri ochildi. Sehrgarlar hammaning oldida Firʼavndan koʻrsatadigan amallari uchun haq soʻradilar. Chunki, ular asosli mafkura, ishonchli asos, baqoli tuzum uchun emas, balki bir tugʻyonkorning xohishi uchun ish qilmoqchilar. Shuning uchun ham, tugʻyonkordan haq soʻradilar.