QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ash-Shu'ara surasi · Oyatсураси · Оят40

لَعَلَّنَا نَتَّبِعُ ٱلسَّحَرَةَ إِن كَانُوا۟ هُمُ ٱلْغَـٰلِبِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ajab ermas, ustun kelsalar, sehrgarlarga ergashsak», deyildi.Ажаб эрмас, устун келсалар, сеҳргарларга эргашсак», дейилди.Alauddin Mansour: Agar sehrgarlar gʻolib boʻlib chiqsalar, ehtimol bizlar oʻshalarga ergashurmiz», deyildi.Агар сеҳргарлар ғолиб бўлиб чиқсалар, эҳтимол бизлар ўшаларга эргашурмиз», дейилди.

369-sahifa · 19-juz · 37-hizb369-саҳифа · 19-жуз · 37-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لَعَلَّنَاajab ermas, bizажаб эрмас, бизنَتَّبِعُergashsakэргашсакٱلسَّحَرَةَsehrgarlargaсеҳргарларгаإِنagarагарكَانُوا۟boʻlsalarбўлсаларهُمُoʻzlariўзлариٱلْغَـٰلِبِينَustin kelguvchiустин келгувчи
TafsirТафсир

Turli munosabatlar ila odamlarni toʻplash, oʻsha ommaviy yigʻinlar bilan ularni chalgʻitish va oʻziga mahliyo etish ham tugʻyonkor hokimlarning odati. Sehrgarlar bilan Muso alayhissalom tortishuvi fursatini gʻanimat bilib rosa odam yigʻdilar. Ularni oʻziga qaratish uchun:

«Sizlar toʻplanib boʻldingizmi?» deyildi.

Soʻngra, tashviqot uchun, musobaqada sehrgarlar gʻolib chiqishi kerakligi ham aytib oʻtildi.

«Ajab ermas, ustun kelsalar, sehrgarlarga ergashsak», deyildi.»

Biroq Muso alayhissalomning gʻolib kelishlari ehtimoli eʼtiborga ham olinmadi.

Tugʻyonkor tuzumning siyosati doimo shunday, yaʼni, doimo oʻzini gʻolib, oʻzgani magʻlub koʻrsatadi.

Hamma narsa muborazani boshlashga tayyor turibdi. Ammo shu joyda tugʻyonkor tuzumning yana bir qusuri ochildi. Sehrgarlar hammaning oldida Firʼavndan koʻrsatadigan amallari uchun haq soʻradilar. Chunki, ular asosli mafkura, ishonchli asos, baqoli tuzum uchun emas, balki bir tugʻyonkorning xohishi uchun ish qilmoqchilar. Shuning uchun ham, tugʻyonkordan haq soʻradilar.