قَالَ نَعَمْ وَإِنَّكُمْ إِذًا لَّمِنَ ٱلْمُقَرَّبِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Ha! U holda siz, albatta, eng yaqinlarimdan bo`lasiz», dedi.У: «Ҳа! У ҳолда сиз, албатта, энг яқинларимдан бўласиз», деди.Alauddin Mansour: U: «Ha, u holda albatta sizlar mening yaqinlarimdan boʻlursizlar», dedi.У: «Ҳа, у ҳолда албатта сизлар менинг яқинларимдан бўлурсизлар», деди.
Xohishini amalga oshirganlarga, unga xolis xizmat qilganlarga haq berish tugʻyonkorga huzur bagʻishlaydi. Lekin tugʻyonkorning fikricha, gumashtalar uchun eng oliy mukofot ularni oʻziga yaqin qilib olishdir. Chunki, tugʻyonkor hammani ham oʻziga yaqin olavermaydi. Faqat sinovdan oʻtib, ishonchini toʻla oqlaganlarnigina oʻziga yaqinlashtiradi. Bu esa, gumashtalar uchun ayricha ulkan mukofot boʻladi. Firʼavn Muso alayhissalomga qarshi hal qiluvchi jangga kirish oldida turgan sehrgarlarga oʻsha eng oliy mukofotni vaʼda qildi.
Tugʻyonkor bilan uning gumashtalari orasidagi savdo tugaganidan soʻng: