فَأَلْقَىٰ مُوسَىٰ عَصَاهُ فَإِذَا هِىَ تَلْقَفُ مَا يَأْفِكُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: So`ngra Muso asosini tashlagan edi, birdan u ularning uydirmalarini yuta boshladi.Сўнгра Мусо асосини ташлаган эди, бирдан у уларнинг уйдирмаларини юта бошлади.Alauddin Mansour: Soʻng Muso asosini tashlagan edi, banogoh u (aso) ularning «uydirma»larini yuta boshladi.Сўнг Мусо асосини ташлаган эди, баногоҳ у (асо) уларнинг «уйдирма»ларини юта бошлади.
Sehrgarlar arqon va asolarini tashlaganida, ular odamlarning koʻziga ilonga oʻxshab harakatlanib koʻringan, ammo ilonga aylanmagan, sehrgarlarning nayrangi tufayligina kishilar koʻziga shunday koʻringan edi, xolos. Muso alayhissalom asolarini tashlaganlarida esa, u haqiqiy ajdarga aylanib, Firʼavn sehrgarlarining aso va arqonlarini yuta boshladi.