رَبِّ مُوسَىٰ وَهَـٰرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Muso va Horunning Robbiga», dedilar.Мусо ва Ҳоруннинг Роббига», дедилар.Alauddin Mansour: Muso va Horunning Parvardigoriga iymon keltirdik», dedilar.Мусо ва Ҳоруннинг Парвардигорига иймон келтирдик», дедилар.
Sehr mohiyatini yaxshi bilgan sehrgarlar Muso alayhissalom sehrgar emas, Allohning Paygʻambari ekanliklarini u zotning asolari yerga tushib, ajdarhoga aylanishi bilan darhol anglab yetdilar. Bu moʻʼjizani koʻrishlari bilan iymonga keldilar. Oʻzlarini yerga otib, sajda qildilar va:
«Robbul olamiynga iymon keltirdik. Muso va Horunning Robbiga», dedilar».
Bu hol Firʼavn va uning aʼyonlari uchun katta musiybat edi. Chunki, sehrgarlik oʻsha paytda Misrda eng obroʻli ish boʻlib, uni faqat ibodatxonalarni boshqarib turuvchi kohinlargina qilar edi. Ham diniy arboblik, ham sehrgarlik eʼtibori ila xalq orasida ularning obroʻlari katta edi. Xalqning ergashuvchanligidan tugʻyonkor hokimlar juda qattiq qoʻrqardilar. Shuning uchun, doimo ularni «oʻziniki» qilib olishga yoki yoʻqotib yuborishga intilardilar.
Sehrgarlarning darhol iymonga kelishidan Firʼavnning achchigʻi chiqdi va ularni yoʻq qilib yuborishini eʼlon etdi.