QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ash-Shu'ara surasi · Oyatсураси · Оят49

قَالَ ءَامَنتُمْ لَهُۥ قَبْلَ أَنْ ءَاذَنَ لَكُمْ ۖ إِنَّهُۥ لَكَبِيرُكُمُ ٱلَّذِى عَلَّمَكُمُ ٱلسِّحْرَ فَلَسَوْفَ تَعْلَمُونَ ۚ لَأُقَطِّعَنَّ أَيْدِيَكُمْ وَأَرْجُلَكُم مِّنْ خِلَـٰفٍ وَلَأُصَلِّبَنَّكُمْ أَجْمَعِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Men sizga izn bermasimdan oldin unga iymon keltirdingiz! Albatta, u sizga sehr o`rgatgan kattangizdir! Endi tezda bilasiz, men, albatta, qo`l-oyog`ingizni qarama-qarshi tomonidan kesajakman va barchangizni osajakman», dedi.У: «Мен сизга изн бермасимдан олдин унга иймон келтирдингиз! Албатта, у сизга сеҳр ўргатган каттангиздир! Энди тезда биласиз, мен, албатта, қўл-оёғингизни қарама-қарши томонидан кесажакман ва барчангизни осажакман», деди.Alauddin Mansour: (Firʼavn) aytdi: «Men izn bermay turib unga iymon keltirdingizmi?! Albatta u (Muso) sizlarga sehr oʻrgatgan kattangizdir. Endi yaqinda bilursizlar — albatta men oyoq-qoʻllaringizni qarama-qarshisiga (oʻng qoʻl, chap oyoq yoki aksincha) kesurman va sizlarning barchangizni dorga osurman».(Фиръавн) айтди: «Мен изн бермай туриб унга иймон келтирдингизми?! Албатта у (Мусо) сизларга сеҳр ўргатган каттангиздир. Энди яқинда билурсизлар — албатта мен оёқ-қўлларингизни қарама-қаршисига (ўнг қўл, чап оёқ ёки аксинча) кесурман ва сизларнинг барчангизни дорга осурман».

369-sahifa · 19-juz · 37-hizb369-саҳифа · 19-жуз · 37-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَu dediу дедиءَامَنتُمْiymon keltirdingizиймон келтирдингизلَهُۥungaунгаقَبْلَoldinолдинأَنْ[ki][ки]ءَاذَنَmen izn berishimмен изн беришимلَكُمْ ۖsizgaсизгаإِنَّهُۥalbatta, uалбатта, уلَكَبِيرُكُمُsizning kattangizdirсизнинг каттангиздирٱلَّذِىqaysikiқайсикиعَلَّمَكُمُsizga oʻrgatganсизга ўргатганٱلسِّحْرَsehrniсеҳрниفَلَسَوْفَendi tezdaэнди тездаتَعْلَمُونَ ۚbilasizбиласизلَأُقَطِّعَنَّalbatta, kesajakmanалбатта, кесажакманأَيْدِيَكُمْqoʻllaringizniқўлларингизниوَأَرْجُلَكُمva oyoqlaringizniва оёқларингизниمِّنْ-dan-данخِلَـٰفٍۢqarama-qarshi tomonқарама-қарши томонوَلَأُصَلِّبَنَّكُمْva albatta, sizni osajakmanва албатта, сизни осажакманأَجْمَعِينَbarchangizniбарчангизни
TafsirТафсир

Xalqning boʻyniga minib olgan tugʻyonkor podshoh oʻzini hamma narsaga haqli hisoblaydi. Xohlasa, beradi, xohlasa, uradi, man qiladi, qamaydi, otadi, chopadi va hokazo. Kattayu kichik har bir ish oʻzining izni bilan boʻlishi kerak, deb oʻylaydi. Shuning uchun ham, Firʼavn oʻz ixtiyori bilan Allohga iymon keltirgan sehrgarlarga:

«Men sizga izn bermasimdan oldin unga iymon keltirdingiz!» deb baqirmoqda.

Demak, Allohga iymon keltirishni istagan bechora xalq avval undan izn soʻrashi, soʻngra iymon keltirishi lozim ekan.

Endi Firʼavnning Allohga iymon keltirgan sehrgarlarga ayb qoʻyishiga nazar solaylik.

«Albatta, u sizga sehr oʻrgatgan kattangizdir!»

Yaʼni, Muso sizning ustozingizdir.

Aslida, sehrgarlar ilohiy moʻʼjizani oʻz koʻzlari bilan koʻrgach, Firʼavnga qoʻshilib zalolatda yurganliklarini toʻla tushungan, haqiqatni anglab yetib, iymonga kelgan edilar. Ammo Firʼavn ularni jinoyatchi deb eʼlon qilmoqda. Ustozlari bilan kelishib olib, hokimni sharmanda qilib, qoʻlidan hukmni tortib olishga urinishda ayblamoqda. Bu gaplarni xalq ommasi oldida aytayotganini hisobga oladigan boʻlsak, haq yoʻlga, Allohning yoʻliga yurgan kishilarni xaloyiqqa jinoyatchi qilib koʻrsatmoqda. Ayni choqda, oʻziga qarshi boʻlgan har qanday odam shafqatsizlarcha jazolanishini eʼlon etib, xalqni qoʻrqitmoqda.

«Endi tezda bilasiz, men, albatta, qoʻl-oyogʻingizni qarama- qarshi tomonidan kesajakman va barchangizni osajakman», dedi.»

Tugʻyonkor podshohning odati shu. Odamlar haqiqatni anglab, tugʻyonkorning ishi qalbaki ekanini tushunib qolsa, ular oʻziga qanchalik yaqin boʻlsa ham, qanchalik xizmat qilsa ham, tugʻyonkor zolim hokim ularni yoʻq qilish payidan boʻladi. Mana, Firʼavn ham oʻzining sadoqatli xizmatkorlariga, hozirgina undan katta-katta vaʼdalar olgan sehrgarlarga Allohga iymon keltirganlari uchun qoʻl- oyoqlarini qarama-qarshi tomonidan kesib, dorga osishini eʼlon qilib turibdi. Lekin haqiqatni anglab yetgan, qalbi iymon nuri ila yorishgan inson bunday doʻq-poʻpisadan qoʻrqmaydi. Iymonga kelgan sehrgarlar ham bu tahdidlarga parvo qilmay, Firʼavnga haqiqiy moʻmin aytadigan javobni aytdilar.