QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ash-Shu'ara surasi · Oyatсураси · Оят51

إِنَّا نَطْمَعُ أَن يَغْفِرَ لَنَا رَبُّنَا خَطَـٰيَـٰنَآ أَن كُنَّآ أَوَّلَ ٱلْمُؤْمِنِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Mo`minlarning avvalgisi bo`lganimiz uchun Robbimiz xatolarimizni kechirishidan umid qilamiz», dedilar.Мўминларнинг аввалгиси бўлганимиз учун Роббимиз хатоларимизни кечиришидан умид қиламиз», дедилар.Alauddin Mansour: Albatta bizlar (Musoga) birinchi iymon keltirgan kishilar boʻlganimiz sababli Parvardigorimiz bizlarning xato-gunohlarimizni magʻfirat etishini umid qilurmiz».Албатта бизлар (Мусога) биринчи иймон келтирган кишилар бўлганимиз сабабли Парвардигоримиз бизларнинг хато-гуноҳларимизни мағфират этишини умид қилурмиз».

369-sahifa · 19-juz · 37-hizb369-саҳифа · 19-жуз · 37-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّاalbatta, bizалбатта, бизنَطْمَعُumid qilamizумид қиламизأَن-ki-киيَغْفِرَmagʻfirat qilsaмағфират қилсаلَنَاbizgaбизгаرَبُّنَاRobbimizРоббимизخَطَـٰيَـٰنَآxatolarimizniхатоларимизниأَنchunkiчункиكُنَّآboʻlganimizбўлганимизأَوَّلَavvalgisiаввалгисиٱلْمُؤْمِنِينَmoʻminlarningмўминларнинг
TafsirТафсир

Yaʼni, ey, Firʼavn, sen qoʻl-oyoqlarimizni qarama-qarshi tomonidan kesasanmi, osasanmi yoki boshqa ishlarni qilasanmi, xohlaganingni qilaver. Buning bizga

«Zarari yoʻq».

Nima qilsang ham, endi senga qaytish yoʻq.

«Albatta, biz Robbimizga qaytguvchimiz.»

Asl haqiqatni endi toʻla tushunib yetdik. Endi biz sening mukofotlaringga ham, bizni oʻzingga yaqinlardan qilib olishingga ham zarracha qiziqmaymiz. Biz:

«Moʻminlarning avvalgisi boʻlganimiz uchun Robbimiz xatolarimizni kechirishidan umid qilamiz», dedilar».

Qalbi haqiqiy iymon ila nurafshon inson ana shunday yuksak darajaga yetadi. Faqat Allohning roziligini koʻzlab qoladi. Xatolari magʻfirat boʻlishi yoʻlini izlab qoladi. Unga dunyoning eng mashhur podshohlariga yaqin boʻlish ham qiziq emas. Dunyodagi eng qonxoʻr podshoh tahdidi ham qoʻrqinchli emas. Haqiqiy iymon kishini shunchalik oʻzgartirib yuboradi. Hozirgacha Firʼavnga topinib kelgan, hozirgina undan mukofot kutib, uning izzati bilan qasam ichgan sehrgarlar iymonga kelishlari bilan tugʻyonkor podshohdan zarracha qoʻrqmay qoʻydilar. Iymonlari yoʻlida oʻlimga ham tayyor ekanliklarini baralla aytib turibdilar.

Ana shunday, iymon doimo kufr va tugʻyonning ustidan gʻolib chiqadi. Sehrgarlar bilan Muso alayhissalom orasidagi muboraza ham iymonning kufr va tugʻyon ustidan gʻalabasi namoyishiga aylanib ketdi.

Ammo kufr va tugʻyon oʻzidagi moddiy imkoniyatlar hamda kuch-quvvatni iymonga qarshi ishlataveradi. Fikriy, aqliy, mantiqiy va ilmiy bahslarda magʻlub boʻlgan Firʼavn yuzidagi pardani sharmandalarcha sidirib tashlab, iymon ahlini jismonan yoʻq qilishga oʻtdi.

Shunda Alloh taoloning oʻzi Muso alayhissalomga yoʻl koʻrsatdi.