۞ وَأَوْحَيْنَآ إِلَىٰ مُوسَىٰٓ أَنْ أَسْرِ بِعِبَادِىٓ إِنَّكُم مُّتَّبَعُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Musoga: «Bandalarim bilan kechasi yo`lga chiq. Albatta, ta'qib etilursiz», deb vahiy yubordik.Ва Мусога: «Бандаларим билан кечаси йўлга чиқ. Албатта, таъқиб этилурсиз», деб ваҳий юбордик.Alauddin Mansour: Biz Musoga: «Bandalarim (yaʼni, Bani Isroil qavmi) bilan tunda yoʻlga chiqqin! Albatta sizlarning izingizga tushilur (yaʼni, Firʼavn va uning qoʻshini ortingizdan quvib yetur»), deb vahiy yubordik.Биз Мусога: «Бандаларим (яъни, Бани Исроил қавми) билан тунда йўлга чиққин! Албатта сизларнинг изингизга тушилур (яъни, Фиръавн ва унинг қўшини ортингиздан қувиб етур»), деб ваҳий юбордик.
Alloh taolo Muso va Horun alayhissalomlarni Paygʻambar qilib yuborayotganida, ikkingiz boravering, men sizlar bilan birgaman, degan edi. Shuning uchun ham, qissaning boshidan oxirigacha ushbu holat va halovat alohida sezilib turadi. Mana, Firʼavn Muso alay-hissalom va Bani Isroilni tamoman yoʻq qilib tashlash uchun tayyorgarlik koʻrib, askar toʻplayotganida, Allohning oʻzi Muso alayhissalomga zarur yoʻlni koʻrsatdi.
«Bandalarim bilan kechasi yoʻlga chiq.»
Yaʼni, tunda Bani Isroil qavmini olib yoʻlga chiq. Chunki, koʻpchilik bilan kunduzi yoʻlga chiqsang, dushman darhol sezib qoladi. Kechasi esa, hamma uyquda boʻladi, tun zulmatida hamrohlaringni birov koʻrmaydi. Shunday boʻlsa ham,
«Albatta, taʼqib etilursiz».
Yaʼni, dushman izingizdan tushadi. Ortingizdan quvib boradi. Ehtiyot boʻling.