QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ash-Shu'ara surasi · Oyatсураси · Оят54

إِنَّ هَـٰٓؤُلَآءِ لَشِرْذِمَةٌ قَلِيلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Shubhasiz, anavilar ozgina toifadirlar.«Шубҳасиз, анавилар озгина тоифадирлар.Alauddin Mansour: «Aniqki ular bir hovuch yalangoyoqlardir.«Аниқки улар бир ҳовуч ялангоёқлардир.

369-sahifa · 19-juz · 37-hizb369-саҳифа · 19-жуз · 37-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّshubhasizшубҳасизهَـٰٓؤُلَآءِanavilarанавиларلَشِرْذِمَةٌۭalbatta, bir toifadirалбатта, бир тоифадирقَلِيلُونَozginaозгина
TafsirТафсир

Tugʻyonkor podshohlarning targʻibot usuli shundan iboratki, ular doimo raqiblarini iloji boricha oz, oʻzlarining tarafdorlarini koʻp qilib koʻrsatishga urinadi. Tarixchilarning aytishicha, oʻsha paytda Muso alayhissalom bilan birga boʻlgan bani isroilliklar soni olti yuz ming ekan. Bu adad oʻsha vaqt mezoni bilan oʻlchanganda juda katta adaddir. Shuning uchun ham, Firʼavn shaharlarga odam yuborib, ommaviy safarbarlik eʼlon qilmoqda va, ayni choqda, xuddi oʻsha vakillar orqali moʻminlarga qarshi tashviqot oʻtkazmoqda. Odatda, tugʻyonkor hukmdorlar iymonli kishilarga qarshi tashviqot yuritishda, uydirmalar toʻqishda har bir soʻzga eʼtibor beradilar, oʻzaro maslahatlashib, keyin safsatani boshlaydilar. Firʼavnning odamlari moʻminlar haqida nima deyayotganlariga bir nazar solib koʻraylik.

«Anavilar...»

Nomlari ham aytilmaydi, «Allohga iymon keltirganlar» ham deyilmaydi, «Musoga ergashganlar» ham deyilmaydi. Shuningdek, «bizdan yuz oʻgirganlar» ham deyilmaydi. «Anavilar», deyiladi, xolos.

«Ozgina toifadirlar.»

Lekin «ozgina»ning qanchaligini aytmaydilar. Olti yuz ming, desalar, sir fosh boʻlib qolishidan qoʻrqadilar. Ular oʻzlaricha ishni juda puxta qildik deb oʻylaydilar. Aslida esa, ishni ravso qilayotganlarini bilmaydilar. Oʻzlari: «Anavilar ozgina toifadirlar» deganlarida, xalq «Unday boʻlsa, nega ommaviy safarbarlik eʼlon qilib, odam toʻplab yuribsizlar?» deb qolishini oʻylamaydilar. Oʻylasa ham, menga nima, buyruqni bajaryapman-da, deb aytaveradilar. Vakillar xalq ichida tashviqotni davom ettiradilar.