فَلَمَّا تَرَٰٓءَا ٱلْجَمْعَانِ قَالَ أَصْحَـٰبُ مُوسَىٰٓ إِنَّا لَمُدْرَكُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ikki jamoat bir-birlarini ko`rgan chog`ida, Musoning odamlari: «Endi qo`lga tushdik», dedilar.Икки жамоат бир-бирларини кўрган чоғида, Мусонинг одамлари: «Энди қўлга тушдик», дедилар.Alauddin Mansour: Endi qachonki ikki jamoat bir-birlarini koʻrishgach, Musoning hamrohlari: «Bizlar aniq tutildik, (chunki oldimizda hech qanday yoʻl yoʻq, faqat dengiz bor), dedilar.Энди қачонки икки жамоат бир-бирларини кўришгач, Мусонинг ҳамроҳлари: «Бизлар аниқ тутилдик, (чунки олдимизда ҳеч қандай йўл йўқ, фақат денгиз бор), дедилар.
Uzoqdan Firʼavnning odamlarini koʻrishlari bilan Muso alay- hissalom bilan ketayotgan bani isroilliklarning qalblariga gʻulgʻula tushdi. Ortlaridan katta sonli askar bostirib kelmoqda, oldilarida dengiz turibdi, qutulib ketishga koʻzlari yetmay, tamom, endi qoʻlga tushdik, dedilar. Oddiy inson oʻlchoviga asoslanilsa, bu toʻgʻri taxmin edi. Odatda, bunday paytlarda qochib qutulib boʻlmaydi. Ammo Muso alayhissalom boshqa fikrda edilar. U kishi Robbul olamiyn oʻzlari bilan birgaligini bir lahza ham yodlaridan chiqarmadilar. Alloh taoloning yordamidan noumid boʻlmadilar. Bu xotirjamliklari bir necha bor sinovdan oʻtgan xotirjamlik edi. Shuning uchun, Firʼavn askarlarining bostirib kelishini ham, dengiz yoʻlni toʻsib qoʻyishini ham, Bani Isroilning vahima koʻtarishini ham u zot alayhissalom parvolariga keltirmadilar. Bemalol, xotirjam gapirdilar.