قَالَ كَلَّآ ۖ إِنَّ مَعِىَ رَبِّى سَيَهْدِينِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U (Muso): «Yo`q! Albatta, Robbim men bilan, U menga to`g`ri yo`lni ko`rsatur», dedi.У (Мусо): «Йўқ! Албатта, Роббим мен билан, У менга тўғри йўлни кўрсатур», деди.Alauddin Mansour: (Muso) aytdi: «Yoʻq, aniqki men bilan birga Parvardigorim bor. Albatta u meni (najot) yoʻliga boshlar».(Мусо) айтди: «Йўқ, аниқки мен билан бирга Парвардигорим бор. Албатта у мени (нажот) йўлига бошлар».
Eng tahlikali, eng umidsiz chogʻlarda ham oʻzini yoʻqotmaslik, umidsizlanmaslik moʻmin kishiga xos xususiyatdir. Chunki, haqiqiy moʻmin odam Alloh har bir narsaga qodir ekanini, oʻziga yolborgan bandasini qarovsiz tashlab qoʻymasligini yaxshi biladi. Darhaqiqat, Muso alayhissalom aytganlaridek boʻlib chiqdi. Alloh taoloning Oʻzi u kishini toʻgʻri yoʻlga boshladi. Buni Alloh taolo quyidagicha bayon qildi: