فَأَوْحَيْنَآ إِلَىٰ مُوسَىٰٓ أَنِ ٱضْرِب بِّعَصَاكَ ٱلْبَحْرَ ۖ فَٱنفَلَقَ فَكَانَ كُلُّ فِرْقٍ كَٱلطَّوْدِ ٱلْعَظِيمِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, Biz Musoga: «Asoing bilan dengizni ur», deb vahiy qildik. Bas, u (dengiz) bo`linib, har bo`lagi ulkan tog`dek bo`ldi.Бас, Биз Мусога: «Асоинг билан денгизни ур», деб ваҳий қилдик. Бас, у (денгиз) бўлиниб, ҳар бўлаги улкан тоғдек бўлди.Alauddin Mansour: Bas, Biz Musoga: (Asoing bilan) dengizni urgin», deb vahiy yubordik. Bas, (dengiz) boʻlinib, har bir boʻlak (suv) baland togʻ kabi boʻldi. (Soʻng Muso va uning qavmi dengiz oʻrtasidan ochilgan yoʻlga tushdilar.)Бас, Биз Мусога: (Асоинг билан) денгизни ургин», деб ваҳий юбордик. Бас, (денгиз) бўлиниб, ҳар бир бўлак (сув) баланд тоғ каби бўлди. (Сўнг Мусо ва унинг қавми денгиз ўртасидан очилган йўлга тушдилар.)
Alloh taolo Muso alayhissalomga Oʻzi moʻʼjiza qilib bergan aso bilan dengizni urishga amr etdi. Muso alayhissalom aso bilan dengizni urdilar. Dengiz ikkiga boʻlindi. Ikki boʻlak ham ulkan togʻdek boʻlib turib qoldi. Muso alayhissalom va Bani Isroil uchun Qizil dengizdan oʻtib ketishga yoʻl ochildi.