قَالَ هَلْ يَسْمَعُونَكُمْ إِذْ تَدْعُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Iltijo qilganingizda ular sizni eshitadilarmi?У: «Илтижо қилганингизда улар сизни эшитадиларми?Alauddin Mansour: (Ibrohim) aytdi: «Iltijo qilgan paytlaringizda (butlaringiz) sizlarni(ng iltijolaringizni) eshitdilarmi?(Иброҳим) айтди: «Илтижо қилган пайтларингизда (бутларингиз) сизларни(нг илтижоларингизни) эшитдиларми?
«Xudo» degani hech boʻlmaganda, oʻziga iltijo qilayotgan odamning soʻzini eshitishi kerak. Sizning sanamlaringiz:
«Iltijo qilganingizda ular sizni eshitadilarmi?»
Qolaversa, «Xudo» degan zot oʻziga topinganlarga foyda, inkor qilganlarga zarar yetkazishi ham kerak, axir. Uning foydasidan umidvor boʻlib, zarar yetkazishidan ehtiyot boʻlib, unga ibodat qilsa, yarashadi. Xoʻsh, sizning sanamlaringiz:
«...naf yoki zarar yetkaza oladilarmi?»
Ular Ibrohim alayhissalomning bu haqqoniy savollariga toʻgʻridan-toʻgʻri javob bermadilar. Chunki, javob berishsa, oʻzlari sharmanda boʻlishlari aniq. Sanamlari ularning iltijosini eshitmasligi hammaga maʼlum. Oʻzlari tosh yoki yogʻochdan yoʻnib yasab olgan haykallari nimani ham eshitardi? Shuningdek, u sanamlar mushriklarga ham, oʻzlariga ham foyda-zarar yetkaza olmaydilar. Jonsiz narsa qanday qilib foyda yoki zarar yetkazsin?
Mushriklar sanamlarga ibodatlari sababini pardali qilib bayon etdilar: