قَالُوا۟ نَعْبُدُ أَصْنَامًا فَنَظَلُّ لَهَا عَـٰكِفِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Sanamlarga ibodat qilmoqdamiz. Va ularga ixlos ila ibodat qilishda bardavom bo`lurmiz», dedilar.Улар: «Санамларга ибодат қилмоқдамиз. Ва уларга ихлос ила ибодат қилишда бардавом бўлурмиз», дедилар.Alauddin Mansour: Ular: «But-sanamlarga ibodat qilmoqdamiz. Bas, ularga sodiqligimizcha qolurmiz», dedilar.Улар: «Бут-санамларга ибодат қилмоқдамиз. Бас, уларга содиқлигимизча қолурмиз», дедилар.
Tosh yoki boshqa narsadan inson yuziga oʻxshatib ishlangan butga «sanam» deyiladi.
Ibrohim alayhissalomning savollariga u kishining qavmlari:
«Sanamlarga ibodat qilmoqdamiz», deb javob berishlaridan, ularning oʻzlari xudoga emas, sanamlarga sigʻinayotganlarini tan olganlari bilinib turibdi. Shu bilan birga, ular zalolatdan qaytish niyatlari yoʻqligini faxr-la eʼlon qilmoqdalar.
«Va ularga ixlos ila ibodat qilishda bardavom boʻlurmiz.»
Ular, Ibrohim alayhissalom sanamlarga ibodat qilishni tark etishni taklif qilib qolishi mumkin, deya oldindan javobni aytib qoʻymoqdalar. Aql ishlatmay, bir narsaga mukkasidan ketishning oqibati doimo shunday boʻladi.
Bu oyatlarda ayniqsa Makka mushriklariga qarshi katta zarba bor. Ular oʻzlarini Ibrohim alayhissalomning merosxoʻrlari, u zot qurgan Kaʼbatullohning mutasaddilari hisoblab, boshqalar oldida faxrlanib yurar edilar. Haqiqat esa, butunlay boshqacha boʻlib chiqmoqda. Ibrohim alayhissalom hech qachon but-sanamlarga sigʻingan emaslar, balki ularga qarshi kurashib oʻtganlar. Makka mushriklari esa, but-sanamlarga ibodat qiladilar. Ular, hatto, Ibrohim alayhissalom Allohning amri bilan qurgan Kaʼbatullohning atrofini but-sanamlar bilan toʻlgʻazib yuborganlari yetmaganidek, ichiga ham uch yuz oltmishta butni olib kirib qoʻyganlar. Alloh taoloning oxirgi Paygʻambari Muhammad sollallohu alayhi vasallam tavhidga chaqirsalar, butun vujudlari bilan qarshi chiqib turibdilar. Qanday qilib, Ibrohim alayhissalomning eng yaqin atboʼlarimiz, deb daʼvo qila oladilar? Hech boʻlmasa, ushbu oyatlardan ibrat olsinlar.
Ibrohim alayhissalom qavmlaridan sanamlarga ibodat qilishda bardavomlik qarorini eshitgach, ularga quyidagi savolni berdilar: