قَالُوا۟ بَلْ وَجَدْنَآ ءَابَآءَنَا كَذَٰلِكَ يَفْعَلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Yo`q, biz ota-bobolarimizning shunday qilayotganlarini ko`rdik», dedilar.Улар: «Йўқ, биз ота-боболаримизнинг шундай қилаётганларини кўрдик», дедилар.Alauddin Mansour: Ular dedilar: «Yoʻq, bizlar ota-bobolarimizning mana shunday (butlarga ibodat) qilishlarini koʻrganmiz (shuning uchun bizlar ham butlarga ibodat qilamiz).Улар дедилар: «Йўқ, бизлар ота-боболаримизнинг мана шундай (бутларга ибодат) қилишларини кўрганмиз (шунинг учун бизлар ҳам бутларга ибодат қиламиз).
Yaʼni: yoʻq, sanamlar bizning iltijolarimizni eshitmaydilar, bizga foyda ham, zarar ham yetkazmaydilar. Ammo ota-bobolarimizning sanamlarga shunday ibodat qilayotganlarini koʻrdik va biz ham ularga oʻxshatib ibodat etmoqdamiz, dedilar.
Buning otini koʻr-koʻrona taqlid deyiladi. Oʻz aqlini ishlatmay, birovga taqlid qilaverish oqilona tasarrufli odamning ishi emas.
Ibrohim alayhissalom mushriklardan bu javobni eshitgach, ularga oʻyib-oʻyib oladigan gaplarni aytdilar: