QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ash-Shu'ara surasi · Oyatсураси · Оят8

إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَةً ۖ وَمَا كَانَ أَكْثَرُهُم مُّؤْمِنِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, bunda oyat-belgi bor. Lekin ko`plari mo`min bo`lmaslar.Албатта, бунда оят-белги бор. Лекин кўплари мўмин бўлмаслар.Alauddin Mansour: Albatta bunda oyat — ibrat bordir. (Lekin Makka mushriklarining) koʻplari iymon keltirguvchi boʻlmadilar.Албатта бунда оят — ибрат бордир. (Лекин Макка мушрикларининг) кўплари иймон келтиргувчи бўлмадилар.

367-sahifa · 19-juz · 37-hizb367-саҳифа · 19-жуз · 37-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаفِى-da-даذَٰلِكَbundaбундаلَـَٔايَةًۭ ۖoyat-belgi borоят-белги борوَمَاlekin emasлекин эмасكَانَediэдиأَكْثَرُهُمkoʻplariкўплариمُّؤْمِنِينَmoʻminlarмўминлар
TafsirТафсир

Alloh taoloning «aziz» sifatida gʻolib, qodir va kuchli maʼnolari bor. Demak, Alloh taolo barcha ishlarda gʻolibdir. Hamma narsaga, jumladan, kofirlarni azoblashga ham qodirdir. Turli moʻʼjizalar keltirish qudratiga ham, kuch-quvvatiga ham ega.

Ushbu ikki oxirgi oyat «Shuaro» surasida sakkiz marta takrorlangan. Birinchisi shu joyda kelgan boʻlsa, qolganlari oʻtgan ummatlarning hollarini bayon qiluvchi oyatlar soʻngida kelgan.

Keyingi oyatlarda yuqorida zikr etilgan haqiqatlar insoniyat tarixida qanday tajribadan oʻtganligi bayon qilinadi. Buning uchun baʼzi avvalgi Paygʻambarlar va ularning qavmlarining qissalari keltiriladi. Bu qissalar turli uslub va shaklda boshqa suralarda ham kelgan. Oʻsha suralarni oʻrganish davomida koʻrib chiqilgan. Ammo «Shuaro» surasida mazkur qissalar suraning siyoqiga va ruhiga moslab xiyol oʻzgacha keltiriladi. Qissalar silsilasi Muso alay- hissalom qissalari bilan boshlanadi.