أَوَلَمْ يَرَوْا۟ إِلَى ٱلْأَرْضِ كَمْ أَنۢبَتْنَا فِيهَا مِن كُلِّ زَوْجٍ كَرِيمٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular yerga qaramaydilarmi?! Biz unda karamli juftlardan qanchalarini undirib qo`yibmiz.Улар ерга қарамайдиларми?! Биз унда карамли жуфтлардан қанчаларини ундириб қўйибмиз.Alauddin Mansour: Axir ular Yerni — unda, Biz barcha turli foydali (oʻsimlik) navlaridan qanchasini undirib qoʻyganimizni koʻrmadilarmi?!Ахир улар Ерни — унда, Биз барча турли фойдали (ўсимлик) навларидан қанчасини ундириб қўйганимизни кўрмадиларми?!
Ha, har bir inson oyogʻi ostidagi yerga eʼtibor ila nazar solsa, aqlini ishlatib koʻrsa, uni iymonga undovchi koʻpdan-koʻp moʻʼjizalarni koʻradi. Birgina oʻsimliklarni olib koʻrsin. Ushbu oyatda taʼkidlanayotganidek, Alloh taolo yer yuzida turli-tuman, ajoyib oʻsimliklarni undirib qoʻyibdi. Ularning shakli, rangi, xususiyatlari– hamma-hammasi oʻziga yarasha bir olam. Yoki boʻlmasa, oyatda zikr qilinganidek, oʻsimlikning unib-oʻsish jarayonini olaylik. Bu ham, oʻylab koʻrilsa, ulkan moʻʼjiza-ku. Eng tajribali dehqon yoki bogʻbon ham urugʻ sochib yoki koʻchat oʻtqazib, kerakli amallarni bajaradi, xolos. Uning unishi va oʻsishiga aralasha olmaydi. Allohdan marhamat kutadi. Alloh bersa, boʻladi. Boʻlmasa, yoʻq. Balki, shuning uchundir, ziroatchilar, dehqonlar orasida Allohga boʻlgan ishonch kuchliroq boʻlishi koʻp kuzatilgan. Yerga nazar solgan, oʻsimliklarni yaqindan oʻrgangan odam Alloh taoloning biru borligiga, qudratiga tan beradi.