وَأَلْقِ عَصَاكَ ۚ فَلَمَّا رَءَاهَا تَهْتَزُّ كَأَنَّهَا جَآنٌّ وَلَّىٰ مُدْبِرًا وَلَمْ يُعَقِّبْ ۚ يَـٰمُوسَىٰ لَا تَخَفْ إِنِّى لَا يَخَافُ لَدَىَّ ٱلْمُرْسَلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va asoingni tashla!» Bas, qachonki, Muso u(aso)ning ilondek qimirlayotganini ko`rganida, ortiga qaramay qochdi. «Ey Muso! Qo`rqma! Zero, Mening huzurimda Payg`ambarlar qo`rqmaslar!»Ва асоингни ташла!» Бас, қачонки, Мусо у(асо)нинг илондек қимирлаётганини кўрганида, ортига қарамай қочди. «Эй Мусо! Қўрқма! Зеро, Менинг ҳузуримда Пайғамбарлар қўрқмаслар!»Alauddin Mansour: Asoingni tashlagin!» Bas, qachonki (Muso) uning ilondek qimirlayotganini koʻrgach, ortiga qaramay qochdi. (Shunda Biz dedik): Ey Muso, qoʻrqmagin. Zero, Mening xuzurimda paygʻambarlarim qoʻrqmaslar.Асоингни ташлагин!» Бас, қачонки (Мусо) унинг илондек қимирлаётганини кўргач, ортига қарамай қочди. (Шунда Биз дедик): Эй Мусо, қўрқмагин. Зеро, Менинг хузуримда пайғамбарларим қўрқмаслар.
Alloh taolo Muso alayhissalomga nido qilayotgan zot oʻzi ekanini bayon qilib boʻlganidan keyin:
«Va asoingni tashla!» deb amr etdi. Muso alayhissalom qoʻllaridagi asoni yerga tashladilar. Aso ilonga aylanib, harakatlana boshladi.
«Bas, qachonki Muso u(aso)ning ilondek qimirlayotganini koʻrganida, ortiga qaramay qochdi.»
Muso alayhissalom zulmatli kechada, sovuq sahroda, xilvat joyda toʻsatdan boʻlgan bu voqeadan qattiq qoʻrqib ketdilar va oʻzlarini ilondan olib qochdilar. Shunda Alloh taolo u kishiga:
«Ey Muso! Qoʻrqma! Zero, Mening huzurimda Paygʻambarlar qoʻrqmaslar!», dedi.
Shu bilan Muso alayhissalom ham oʻsha Paygʻambarlardan biri ekanliklari ochiq eʼlon qilindi.
Paygʻambarlar paygʻambarlik amrini Robbilaridan qabul qilish chogʻida, yaʼni, U zotning huzurida turganlarida, hech qoʻrqmaslar. Sen ham Paygʻambar boʻlding, Mening huzurimda paygʻambarlik amrini qabul qilmoqdasan, zinhor qoʻrqma.