QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Naml surasi · Oyatсураси · Оят44

قِيلَ لَهَا ٱدْخُلِى ٱلصَّرْحَ ۖ فَلَمَّا رَأَتْهُ حَسِبَتْهُ لُجَّةً وَكَشَفَتْ عَن سَاقَيْهَا ۚ قَالَ إِنَّهُۥ صَرْحٌ مُّمَرَّدٌ مِّن قَوَارِيرَ ۗ قَالَتْ رَبِّ إِنِّى ظَلَمْتُ نَفْسِى وَأَسْلَمْتُ مَعَ سُلَيْمَـٰنَ لِلَّهِ رَبِّ ٱلْعَـٰلَمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U(malika)ga: «Saroyga kir», deyildi. Qachonki uni ko`rganida, suv deb o`ylab, poychalarini ochdi. U(Sulaymon): «Albatta, bu billurdan silliq qilib yasalgan saroydir», dedi. U(malika): «Ey Robbim, albatta, men o`zimga zulm qilib yurgan ekanman, Sulaymon ila olamlarning Robbi — Allohga musulmon bo`ldim!» dedi.У(малика)га: «Саройга кир», дейилди. Қачонки уни кўрганида, сув деб ўйлаб, пойчаларини очди. У(Сулаймон): «Албатта, бу биллурдан силлиқ қилиб ясалган саройдир», деди. У(малика): «Эй Роббим, албатта, мен ўзимга зулм қилиб юрган эканман, Сулаймон ила оламларнинг Робби — Аллоҳга мусулмон бўлдим!» деди.Alauddin Mansour: (Malikaga): «Saroyga kirgin», deyildi. Endi qachonki u (saroyni) koʻrgach, uni suv (toʻlqin) deb oʻylab oyoqlarini ochgan edi, (Sulaymon): «Bu oynadan yasalgan baland qasrdir», dedi. Shunda malika) aytdi: «Parvardigorim, darhaqiqat, men (quyoshga sigʻinish bilan) jonimga jabr qilibman, (endi) Sulaymon bilan birga barcha olamlar Xojasi — Allohga boʻyinsundim».(Маликага): «Саройга киргин», дейилди. Энди қачонки у (саройни) кўргач, уни сув (тўлқин) деб ўйлаб оёқларини очган эди, (Сулаймон): «Бу ойнадан ясалган баланд қасрдир», деди. Шунда малика) айтди: «Парвардигорим, дарҳақиқат, мен (қуёшга сиғиниш билан) жонимга жабр қилибман, (энди) Сулаймон билан бирга барча оламлар Хожаси — Аллоҳга бўйинсундим».

380-sahifa · 19-juz · 38-hizb380-саҳифа · 19-жуз · 38-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قِيلَdeyildiдейилдиلَهَاungaунгаٱدْخُلِىkirкирٱلصَّرْحَ ۖsaroygaсаройгаفَلَمَّاqachonkiқачонкиرَأَتْهُuni koʻrganidaуни кўрганидаحَسِبَتْهُuni oʻyladiуни ўйладиلُجَّةًۭsuv (chuqur suv) debсув (чуқур сув) дебوَكَشَفَتْva ochdiва очдиعَن-ni-ниسَاقَيْهَا ۚpoychalariniпойчалариниقَالَdediдедиإِنَّهُۥalbatta, buалбатта, буصَرْحٌۭsaroydirсаройдирمُّمَرَّدٌۭsilliq qilib yasalganсиллиқ қилиб ясалганمِّن-dan-данقَوَارِيرَ ۗbillurбиллурقَالَتْdediдедиرَبِّey Robbimэй Роббимإِنِّىalbatta, menалбатта, менظَلَمْتُzulm qilib yurgan ekanmanзулм қилиб юрган эканманنَفْسِىoʻzimgaўзимгаوَأَسْلَمْتُva musulmon boʻldimва мусулмон бўлдимمَعَilaилаسُلَيْمَـٰنَSulaymonСулаймонلِلَّهِAllohgaАллоҳгаرَبِّRobbiРоббиٱلْعَـٰلَمِينَolamlarningоламларнинг
TafsirТафсир

Sulaymon alayhissalom Sabaʼ malikasiga moʻʼjiza ketidan moʻʼjiza koʻrsatishda davom etdilar. Bu safar ajoyib saroyni koʻrsatib:

«U(malika)ga: «Saroyga kir», deyildi».

Malikaning qarshisida suv ustiga qurilgan gʻaroyib bir saroy turar edi. Malika taklifni qabul etib, saroyga kirmoqchi boʻldi.

«Qachonki uni koʻrganida suv deb oʻylab, poychalarini ochdi.»

Malika saroyni koʻrgan chogʻida uning maydonini suv deb oʻylab, kiyimi hoʻl boʻlmasin uchun etaklarini koʻtarib, oyoqlarini ochdi.

Malikaning bu holini koʻrgan Sulaymon alayhissalom unga izoh berib:

«Albatta, bu billurdan silliq qilib yasalgan saroydir», dedi».

Yaʼni, saroy oldidagi maydon ham billurdan yasalgan, juda silliq, uni suv deb oʻylab, kiyimingni koʻtarma.

Ana shunda malika roʻy berayotgan hodisalar oddiy emasligiga, balki Alloh yuborgan Paygʻambarning moʻʼjizalari ekaniga ishonch hosil qildi. Alloh taoloning qudratiga tan berdi va:

«Ey Robbim, albatta, men oʻzimga zulm qilib yurgan ekanman», dedi.

Senga iymon keltirmay, zulmkor boʻlgan ekanman. Xatoimni tushundim.

«Sulaymon ila olamlarning Robbi–Allohga musulmon boʻldim!» dedi.»

Bir yurtning taxtiga ega boʻlib, qoʻlida hukmi, askarlari, cheksiz molu mulki boʻla turib, kibru havoga ketmay, aql-zakovatini ishlatib, haqiqatni tan olib, Allohga iymon keltirib, haqqa taslim boʻlgan bu ayoldan–Sabaʼ mamlakatining malikasidan hamma ibrat olishi kerak.

Endi Solih alayhissalom va Samud qavmining hikoyasi keladi: