QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Naml surasi · Oyatсураси · Оят45

وَلَقَدْ أَرْسَلْنَآ إِلَىٰ ثَمُودَ أَخَاهُمْ صَـٰلِحًا أَنِ ٱعْبُدُوا۟ ٱللَّهَ فَإِذَا هُمْ فَرِيقَانِ يَخْتَصِمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, Samud qavmiga, Allohga ibodat qiling, deb birodarlari Solihni yubordik. Bas, banogoh, ular ikki guruh bo`lib tortisha boshladilar.Батаҳқиқ, Самуд қавмига, Аллоҳга ибодат қилинг, деб биродарлари Солиҳни юбордик. Бас, баногоҳ, улар икки гуруҳ бўлиб тортиша бошладилар.Alauddin Mansour: Qasamki, Biz Samud (qabilasi)ga birodarlari Solihni paygʻambar qildik. (U): «Allohga ibodat qilingiz», (dedi). Bas, banogoh ular talashib-tortishadigan ikki guruh boʻlib oldilar.Қасамки, Биз Самуд (қабиласи)га биродарлари Солиҳни пайғамбар қилдик. (У): «Аллоҳга ибодат қилингиз», (деди). Бас, баногоҳ улар талашиб-тортишадиган икки гуруҳ бўлиб олдилар.

381-sahifa · 19-juz · 38-hizb381-саҳифа · 19-жуз · 38-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَقَدْva batahqiqва батаҳқиқأَرْسَلْنَآyubordikюбордикإِلَىٰ-ga-гаثَمُودَSamudСамудأَخَاهُمْbirodarlariбиродарлариصَـٰلِحًاSolihniСолиҳниأَنِdebдебٱعْبُدُوا۟ibodat qilingибодат қилингٱللَّهَAllohgaАллоҳгаفَإِذَاbas, banogohбас, баногоҳهُمْularуларفَرِيقَانِikki guruhикки гуруҳيَخْتَصِمُونَtortisharlarтортишарлар
TafsirТафсир

Alloh taolo qachon, qayerga, kimga Paygʻambar yuborgan boʻlsa, faqat bir shior bilan -

«Allohga ibodat qiling!»–shiori bilan yuborgan.

Hamma Paygʻambarlarning, hamma shariatlarning bosh shiori–

«Allohga ibodat qiling»–boʻlgan.

Albatta, bu shiorni hozirda koʻpchilik notoʻgʻri tushunadi, aslida, u shior, dunyoda faqat Allohning koʻrsatmasi boʻyicha va Uning dasturi asosida yashash, maʼnosidagi ibodatni anglatadi. Solih alay- hissalom ham ana oʻsha shior bilan qavmlari Samudga Paygʻambar boʻlib kelgan edilar.

«Batahqiq, Samud qavmiga, Allohga ibodat qiling, deb birodarlari Solihni yubordik.»

Ammo u zot kelganlarida Samud qavmi u zotdan mazkur doimiy, ilohiy shiorni eshitganlarida, labbay, deb javob berish oʻrniga:

«Bas, banogoh, ular ikki guruh boʻlib tortisha boshladilar».

Bir guruhi moʻminlar, ikkinchi guruhi kofirlar. Ular oʻzaro tortishib, janjal qila boshladilar. Kofirlar koʻpchilikni tashkil qilar edi. Ular moʻminlarga yomonlik qilganlari yetmaganidek, Solih alayhissalomga ham ozor berdilar. Hatto, haddilaridan oshib, sen bizga vaʼda qilayotganing azobni, qoʻlingdan kelsa, tezroq keltir, deb qistay boshladilar. Shunda: