قَالَ يَـٰقَوْمِ لِمَ تَسْتَعْجِلُونَ بِٱلسَّيِّئَةِ قَبْلَ ٱلْحَسَنَةِ ۖ لَوْلَا تَسْتَغْفِرُونَ ٱللَّهَ لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U (Solih): «Ey qavmim, nima uchun yaxshilikdan oldin yomonlikka oshiqasiz?! Allohdan mag`firat so`rasangiz-chi?! Shoyad rahim qilinsangiz», dedi.У (Солиҳ): «Эй қавмим, нима учун яхшиликдан олдин ёмонликка ошиқасиз?! Аллоҳдан мағфират сўрасангиз-чи?! Шояд раҳим қилинсангиз», деди.Alauddin Mansour: (Samud qabilasidagi kofir boʻlgan guruh Solihga: «Agar chin paygʻambar boʻlsang, bizlarni qoʻrqitayotgan azobingni keltir-chi», deganlarida) u aytdi: «Ey qavmim, nega sizlar yaxshilik-rahmatdan ilgari yomonlik-azobni shoshtirmoqdasiz?! Sizlarga rahm-shafqat qilinishi uchun Allohdan magʻfirat soʻrasangizlar boʻlmasmi?!»(Самуд қабиласидаги кофир бўлган гуруҳ Солиҳга: «Агар чин пайғамбар бўлсанг, бизларни қўрқитаётган азобингни келтир-чи», деганларида) у айтди: «Эй қавмим, нега сизлар яхшилик-раҳматдан илгари ёмонлик-азобни шоштирмоқдасиз?! Сизларга раҳм-шафқат қилиниши учун Аллоҳдан мағфират сўрасангизлар бўлмасми?!»
Ey qavmim, nima uchun hidoyat emas, azobning tezroq kelishini soʻraysiz? Oʻzingizga azob soʻrash oʻrniga, Allohdan gunohlaringizni kechirishini tilasangiz boʻlmaydimi?
Ana oʻshanda, shoyad gunohingiz kechirilib, Allohning rahmatiga erishsangiz, dedilar.
Ammo jinoyatchi qavmda Paygʻambar nasihatiga amal qilish, Allohga istigʻfor aytib, rahmatini soʻrash niyati yoʻq edi.