وَكَانَ فِى ٱلْمَدِينَةِ تِسْعَةُ رَهْطٍ يُفْسِدُونَ فِى ٱلْأَرْضِ وَلَا يُصْلِحُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U shaharda to`qqiz nafarli guruh bor bo`lib, yer yuzida buzg`unchilik qilishar, isloh qilmas edilar.У шаҳарда тўққиз нафарли гуруҳ бор бўлиб, ер юзида бузғунчилик қилишар, ислоҳ қилмас эдилар.Alauddin Mansour: U shaharda (oʻzlarini) oʻnglamay Yer yuzida buzgʻunchilik qilib yuradigan toʻqqiz nafar kimsa bor edi.У шаҳарда (ўзларини) ўнгламай Ер юзида бузғунчилик қилиб юрадиган тўққиз нафар кимса бор эди.
Yaʼni, Solih alayhissalomning shaharlari boʻlmish Hijr shahrida toʻqqiz kishidan iborat bir guruh boʻlib, oʻsha guruh aʼzolari buzgʻunchilik, fasod ishlar bilan shugʻullanishardi, yaxshilikka, isloh qilishga qoʻl urishmasdi.
Ana oʻsha toʻqqiz kishilik buzgʻunchi guruh aʼzolari islohga chaqirayotgan Solih alayhissalomdan eng koʻp dargʻazab boʻldilar. Oʻz jinoyatlari bilan shahar aholisini qoʻrqitib olgan mazkur uyushgan jinoyatchilar oʻzlarining barcha hamkasblariga oʻxshab shaharning kattayu kichik har bir ishiga aralashib turar edilar. Solih alayhissalomning gaplari chiqqanidan soʻng ular ishni oʻzlaricha muolaja qilishga oʻtdilar.