QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Naml surasi · Oyatсураси · Оят49

قَالُوا۟ تَقَاسَمُوا۟ بِٱللَّهِ لَنُبَيِّتَنَّهُۥ وَأَهْلَهُۥ ثُمَّ لَنَقُولَنَّ لِوَلِيِّهِۦ مَا شَهِدْنَا مَهْلِكَ أَهْلِهِۦ وَإِنَّا لَصَـٰدِقُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Allohning nomiga qasam ichinglar! Albatta, u (Solih)ni va uning ahlini tunda o`ldiramiz, so`ngra valiyiga, biz uning ahlining halokatiga guvoh emasmiz, albatta, biz rostgo`ylarmiz, deymiz», dedilar.Улар: «Аллоҳнинг номига қасам ичинглар! Албатта, у (Солиҳ)ни ва унинг аҳлини тунда ўлдирамиз, сўнгра валийига, биз унинг аҳлининг ҳалокатига гувоҳ эмасмиз, албатта, биз ростгўйлармиз, деймиз», дедилар.Alauddin Mansour: Oʻshalar Alloh nomiga qasam ichishib (bir-birlariga) aytdilar: «Albatta (Solihni) va uning ahli-tobeʼlarini tunda halok qilurmiz, soʻngra uning valiy-homiysiga: «Bizlar (na Solihning va na) uning ahli-tobeʼlarining halokatiga guvoh boʻlgan emasmiz. Albatta bizlar rostgoʻy kishilardirmiz», deymiz».Ўшалар Аллоҳ номига қасам ичишиб (бир-бирларига) айтдилар: «Албатта (Солиҳни) ва унинг аҳли-тобеъларини тунда ҳалок қилурмиз, сўнгра унинг валий-ҳомийсига: «Бизлар (на Солиҳнинг ва на) унинг аҳли-тобеъларининг ҳалокатига гувоҳ бўлган эмасмиз. Албатта бизлар ростгўй кишилардирмиз», деймиз».

381-sahifa · 19-juz · 38-hizb381-саҳифа · 19-жуз · 38-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالُوا۟dedilarдедиларتَقَاسَمُوا۟qasam ichinglarқасам ичингларبِٱللَّهِAllohning nomigaАллоҳнинг номигаلَنُبَيِّتَنَّهُۥalbatta, uni tunda oʻldirarmizалбатта, уни тунда ўлдирармизوَأَهْلَهُۥva uning ahliniва унинг аҳлиниثُمَّsoʻngraсўнграلَنَقُولَنَّalbatta, dermizалбатта, дермизلِوَلِيِّهِۦuning valiysigaунинг валийсигаمَاemasэмасشَهِدْنَاbiz guvoh boʻldikбиз гувоҳ бўлдикمَهْلِكَhalokatigaҳалокатигаأَهْلِهِۦuning ahliningунинг аҳлинингوَإِنَّاva albatta, bizва албатта, бизلَصَـٰدِقُونَrostgoʻylarmizростгўйлармиз
TafsirТафсир

Hamma zamondagi buzgʻunchi, zoʻravon, jinoyatchi, iymonsiz guruhlarning uslubi shu–oʻzlarining yoʻliga qarshi boʻlgan, kishilarni fisqfasoddan qaytarayotgan, xalq-xaloyiqqa buzgʻunchilik, qalloblik, harom- xarish nimaligini anglatib, ularning koʻzini ochayotgan shaxsga suiqasdlar uyushtiriladi; kechasi xoinlarcha bekinib kelib, oʻldirib yoki boshqa biror zarar yetkazib ketiladi; keyin mazlumning tarafdorlariga: bilmadik, kim qildi ekan bu ishni, deya bez boʻlib turaveriladi.

Solih alayhissalomning ilohiy daʼvati yoqmagan kofir-buzgʻunchi, toʻqqiz kishilik jinoyatchi guruhdagilar ham xuddi shu uslubni qoʻllash haqida maslahat qilishdi. Eng qizigʻi, Allohga iymoni yoʻq, Allohning diniga qarshi chiqayotgan, Allohning Paygʻambari va Uning ahlini oʻldirishga ahdlashayotganlar nima qilyaptilar, eʼtibor bering-a:

«Ular: «Allohning nomiga qasam ichinglar!» demoqdalar.

Ha, bir-birlarini Allohning nomi bilan qasam ichib turib, oʻsha mudhish ishni amalga oshirishga chorlamoqdalar. Allohga kufr keltirib, unga qarshi jihod qilayotganlar uning yoʻlida xizmat qilayotganlarni, unga iymon keltirganlarni oʻldirish payida boʻlib turib, yana nega Allohning nomi bilan qasam ichadilar?!

Ha, bu aldamchilik buzgʻunchilarning qoniga singgan xislatdir. Ular shu yoʻl bilan Allohni ham, odamlarni ham, oʻzlarini ham aldamoqchi boʻladilar. Lekin bu aldovga oʻzlaridan boshqa hech kim ishonmaydi. Bu toifadagi buzgʻunchilar Allohning nomi bilan qasam ichaveradilar, Alloh, din, shariat haqida, ularga ixlos qilish zarurligi xususida lof uraveradilar. Shu bilan birga, Solih alayhissalomni va u kishiga ummat boʻlganlarni kechasi oʻldirishning rejasini ham tuzaveradilar. Yana, bu rejani amalga oshirishda birortasi aynib qolmasin uchun, Allohning nomi bilan qasam ham ichadilar.

Buzgʻunchi, din dushmanlarining ikkinchi bir gʻaroyib xususiyati oyatdagi:

«Albatta, u(Solih)ni va uning ahlini tunda oʻldiramiz», degan gaplaridan bilinadi. Din va diyonat uchun xizmat qilayotgan kishilarni, dindorlarni ochiqdan-ochiq oʻldirishga ularning yuragi betlamaydi. Kechasi xoinlarcha kelib, birovga bildirmasdan oʻldirib ketadilar. Chunki, qanchalik kofir, zolim, buzgʻunchi boʻlmasinlar, Alloh yoʻlida yurgan odamni shu yoʻlda yurgani uchungina oshkora oʻldirishga yoki biror zarar yetkazishga jurʼat eta olmaydilar. Shuning uchun, biror zarar yetkazmoqchi boʻlsalar, boshqa sabablarni toʻqiydilar, oʻldirmoqchi boʻlsalar, kechasi oʻldiradilar.

Buzgʻunchi, din dushmanlarining uchinchi bir gʻaroyib xususiyati:

«Soʻngra valiysiga, biz uning ahlining halokatiga guvoh emasmiz, albatta, biz rostgoʻylarmiz, deymiz», degan gaplarida koʻrinadi.

Undoq nobakorlar qilar ishni qilib qoʻyib, yolgʻonni koʻpirtirib, men rostgoʻyman, deb qasam ichib turaveradilar. Bunga Allohni ham, odamlarni ham ishontiramiz, deb oʻylaydilar. Ammo hech kim hech qachon ishonmaydi. Ular faqat oʻzlarini aldaydilar, xolos. Ular, oʻzlaricha, odamlarni bopladik, deb xursand boʻlib yuradilar. Ammo oxir-oqibat oʻzlari boplanib qolganlarini bilmay qoladilar.