QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Naml surasi · Oyatсураси · Оят50

وَمَكَرُوا۟ مَكْرًا وَمَكَرْنَا مَكْرًا وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular makr qildilar. Biz ham ular sezmagan holda bir «makr» qildik.Улар макр қилдилар. Биз ҳам улар сезмаган ҳолда бир «макр» қилдик.Alauddin Mansour: Ular (Solih va uning tobeʼlariga qarshi oʻz) makrlarini qildilar. Biz ham ular sezmagan hollarida (ularni halok qilish bilan) bir «makr» qildik.Улар (Солиҳ ва унинг тобеъларига қарши ўз) макрларини қилдилар. Биз ҳам улар сезмаган ҳолларида (уларни ҳалок қилиш билан) бир «макр» қилдик.

381-sahifa · 19-juz · 38-hizb381-саҳифа · 19-жуз · 38-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَكَرُوا۟va makr qildilarва макр қилдиларمَكْرًۭاbir makrбир макрوَمَكَرْنَاva Biz ham makr qildikва Биз ҳам макр қилдикمَكْرًۭاbir «makr»бир «макр»وَهُمْva ularва уларلَاemasэмасيَشْعُرُونَsezarlarсезарлар
TafsirТафсир

Yaʼni, kofir-buzgʻunchilar oʻzlaricha maslahatlashib, makr-hiyla ishlatib, ustomonlik qilmoqchi boʻldilar. Biz ularning makrining jazosini berdik.

Aqiyda boʻyicha, Alloh taologa makr-hiylani nisbat berib boʻlmaydi. «Naml» surasidagi ushbu oyat va shunga oʻxshash boshqa oyatlarda arab tilining balogʻat-fasohat qoidalaridan «mushokala» qoidasi ishlatilgandir. Yaʼni, lafzlarning shakli bir xil-u, maʼnosi boshqa-boshqa boʻladi. Oyatlarda «makr» soʻzi buzgʻunchilarga nisbatan asl maʼnosida, Alloh taologa nisbatan esa, makrning jazosini berish maʼnosida ishlatiladi.

Ha, din dushmanlari, buzgʻunchilar makr-hiyla qilib, Allohning nomi bilan qasam ichishi, oʻzini dindor qilib koʻrsatishi, ahli iymonga turli nayranglar ishlatib, musiybat yetkazishi mumkin. Oʻzida bor kuch-quvvat, imkoniyat va hiyla-nayranglardan quvonishi mumkin. Lekin hammasini Alloh taolo koʻrib-bilib, hisob- kitob qilib turadi-ku?! Alloh taolo oʻsha buzgʻunchilarni oʻzlariga sezdirmay, ahvolini rasvo qilib qoʻyishi mumkin-ku?! Hozircha oʻsha buzgʻunchilarning soʻzini oʻtadigan, ishini bitadigan qilib qoʻyishi ham sezdirmay olishning bir yoʻli-ku?! Mana shularni unutgan buzgʻunchilar oxir-oqibat haqiqiy halokatga uchraydilar.