QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Naml surasi · Oyatсураси · Оят52

فَتِلْكَ بُيُوتُهُمْ خَاوِيَةًۢ بِمَا ظَلَمُوٓا۟ ۗ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَةً لِّقَوْمٍ يَعْلَمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ana, zulmlari sababli uylari huvillab yotibdi! Albatta, bunda biladigan qavmlar uchun ibrat bordir.Ана, зулмлари сабабли уйлари ҳувиллаб ётибди! Албатта, бунда биладиган қавмлар учун ибрат бордир.Alauddin Mansour: Mana, ular zolim boʻlganliklari sababli uylari huvillab qoldi! Albatta bunda biladigan qavm uchun oyat-ibrat bordir.Мана, улар золим бўлганликлари сабабли уйлари ҳувиллаб қолди! Албатта бунда биладиган қавм учун оят-ибрат бордир.

381-sahifa · 19-juz · 38-hizb381-саҳифа · 19-жуз · 38-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَتِلْكَana, oʻshalarана, ўшаларبُيُوتُهُمْularning uylariуларнинг уйлариخَاوِيَةًۢhuvullab yotibdiҳувуллаб ётибдиبِمَاsababliсабаблиظَلَمُوٓا۟ ۗzulm qilganlariзулм қилганлариإِنَّalbattaалбаттаفِى-da-даذَٰلِكَbundaбундаلَـَٔايَةًۭalbatta, ibrat bordirалбатта, ибрат бордирلِّقَوْمٍۢqavmlar uchunқавмлар учунيَعْلَمُونَbiladiganбиладиган
TafsirТафсир

Zulmning oqibati shunday boʻlishi turgan gap. Bir kun kelib, zolimlar halokatga uchraydi. Ularning hashamatli qasrlari, uylari, turar joylari vayronaga aylanib, huvillab qoladi. Buni har joyda, har diyorda koʻrib yuribmiz. Ana oʻsha zolimlarning ayanchli qismatida ulardan keyin kelganlar uchun, agar ular biladigan qavm boʻlsalar, ibrat, vaʼz-nasihat va eslatma bordir. Ammo bilmaydigan, johil qavmlar boʻlsa, yana aynan oʻsha halokatga uchragan zolimlarning xatosini takrorlayveradilar va oqibatda oʻsha zolimlarga oʻxshab halokatga yoʻliqaveradilar.