QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Naml surasi · Oyatсураси · Оят72

قُلْ عَسَىٰٓ أَن يَكُونَ رَدِفَ لَكُم بَعْضُ ٱلَّذِى تَسْتَعْجِلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Siz kelishiga oshiqayotgan narsaning ba'zisi ortingizga mingashib olgan bo`lsa, ajab emas», deb ayt.Сен: «Сиз келишига ошиқаётган нарсанинг баъзиси ортингизга мингашиб олган бўлса, ажаб эмас», деб айт.Alauddin Mansour: Ayting: «Ehtimol sizlar shoshtirayotgan (azobning) baʼzisi sizlarga yaqin kelib qolgandir».Айтинг: «Эҳтимол сизлар шоштираётган (азобнинг) баъзиси сизларга яқин келиб қолгандир».

383-sahifa · 20-juz · 39-hizb383-саҳифа · 20-жуз · 39-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلْdeginдегинعَسَىٰٓboʻlsa ajab emasбўлса ажаб эмасأَن-ki-киيَكُونَboʻlishiбўлишиرَدِفَortingizga mingashib olganортингизга мингашиб олганلَكُمsizgaсизгаبَعْضُbaʼzisiбаъзисиٱلَّذِىnarsaningнарсанингتَسْتَعْجِلُونَsiz oshiqayotganсиз ошиқаётган
TafsirТафсир

Yaʼni, oʻsha vaʼdalar shundoqqina ortingizda turibdi, ammo siz sezmayapsiz, xolos.

Darhaqiqat, gʻaybni kim biladi? Ehtimol, besh daqiqadan soʻng azob, qiyomat yoki qayta tirilish roʻy berar, ehtimol, undan koʻproq yoki ozroq vaqt qolgandir. Kim biladi buni?! Alloh taolo bu ishlarni xohlagan lahzasida sodir etishga qodir. Ammo: