وَإِنَّ رَبَّكَ لَذُو فَضْلٍ عَلَى ٱلنَّاسِ وَلَـٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَشْكُرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Robbing odamlarga nisbatan fazlu marhamat sohibidir. Lekin ularning ko`plari shukr qilmaslar.Албатта, Роббинг одамларга нисбатан фазлу марҳамат соҳибидир. Лекин уларнинг кўплари шукр қилмаслар.Alauddin Mansour: Albatta, Parvardigoringiz odamlarga fazlu marhamat Sohibidir. Lekin ularning koʻplari shukr qilmaydilar.Албатта, Парвардигорингиз одамларга фазлу марҳамат Соҳибидир. Лекин уларнинг кўплари шукр қилмайдилар.
Yaʼni, Alloh Oʻz bandalariga fazlu karam va marhamat koʻrsatib, ularni kufru isyonlari uchun azoblamasdan, ularga umr, muhlat va boshqa neʼmatlarini berib turibdi.
«Lekin ularning koʻplari shukr qilmaslar.»
Alloh ularga bergan fazlu marhamatga noshukr boʻladilar. Shukrning oʻrniga, qachon qiyomat sodir boʻladi, deb masxara va istehzo etadilar.