وَمَا مِنْ غَآئِبَةٍ فِى ٱلسَّمَآءِ وَٱلْأَرْضِ إِلَّا فِى كِتَـٰبٍ مُّبِينٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Osmonu yerda hech bir g`ayb narsa yo`q, illo u ochiq-oydin kitobda bordir.Осмону ерда ҳеч бир ғайб нарса йўқ, илло у очиқ-ойдин китобда бордир.Alauddin Mansour: Osmon va zamindagi har bir sir ochiq Kitobda (yaʼni, Lavhul-Mahfuzda) mavjuddir.Осмон ва заминдаги ҳар бир сир очиқ Китобда (яъни, Лавҳул-Маҳфузда) мавжуддир.
Yaʼni, nafaqat odamlarning qalblarida yashirgan sirlari, balki osmon va yerdagi har bir sir ham Alloh taoloning huzuridagi ochiq-oydin kitobda–Lavhul Mahfuzda bordir.
Ana shunday mutlaq ilm sohibi boʻlgan Alloh Oʻz ilmi ila Qurʼonni tushirgandir. Undagi xabarlar hammasi Allohning ilmidandir. Unda odamlar ixtilof qilayotgan narsa haqida hukm boʻlsa, oʻsha hukm haqdir. Chunki, u hukm Allohning hukmidir.