QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Naml surasi · Oyatсураси · Оят80

إِنَّكَ لَا تُسْمِعُ ٱلْمَوْتَىٰ وَلَا تُسْمِعُ ٱلصُّمَّ ٱلدُّعَآءَ إِذَا وَلَّوْا۟ مُدْبِرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, sen o`liklarga eshittira olmaysan, ortga qarab qochayotgan karlarga ham chaqiriqni eshittira olmaysan.Албатта, сен ўликларга эшиттира олмайсан, ортга қараб қочаётган карларга ҳам чақириқни эшиттира олмайсан.Alauddin Mansour: Aniqki, siz (oʻz daʼvatingizni) «oʻlik»larga uqtira olmassiz va yuz oʻgirib ketayotgan «kar»larga ham bu daʼvatni uqtira olmassiz.Аниқки, сиз (ўз даъватингизни) «ўлик»ларга уқтира олмассиз ва юз ўгириб кетаётган «кар»ларга ҳам бу даъватни уқтира олмассиз.

384-sahifa · 20-juz · 39-hizb384-саҳифа · 20-жуз · 39-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّكَalbatta, senалбатта, сенلَاemasэмасتُسْمِعُeshittira olursanэшиттира олурсанٱلْمَوْتَىٰoʻliklargaўликларгаوَلَاva emasва эмасتُسْمِعُeshittira olursanэшиттира олурсанٱلصُّمَّkarlargaкарларгаٱلدُّعَآءَchaqiriqniчақириқниإِذَاqachonkiқачонкиوَلَّوْا۟yuz oʻgirsalarюз ўгирсаларمُدْبِرِينَortga qarab qochgan holdaортга қараб қочган ҳолда
TafsirТафсир

Bu oyatlarda ham Alloh taoloning Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga tasalli berayotgani koʻrinib turibdi. Alloh taolo habibi Muhammad sollallohu alayhi vasallamga xitob qilib:

«Albatta, sen oʻliklarga eshittira olmaysan», demoqda.

Yaʼni, Islom daʼvatiga qarshi chiqqanlarni «oʻliklar» deb vasf qilmoqda. Darhaqiqat, Islomdek ochiq-oydin, ikki dunyo saodatiga sabab boʻluvchi, oson, pok yoʻlga yurmaganlar «oʻlikdan» boshqa vujud emaslar. Ana oʻsha «oʻliklar»ga Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam ham eshittira olmaydilar. Ularni faqat Alloh taologina «tiriltirishi» mumkin. Alloh taolo esa, ularga oʻxshagan sarkashlarni hidoyatga solmasligini ochiq-oydin aytib qoʻygan.

«Ortga qarab qochayotgan karlarga ham chaqiriqni eshittira olmaysan.»

Alloh taolo bu jumlada Islom daʼvatidan yuz oʻgirgan kofirlarni bir narsalarni eshitib qolmaslik uchun ortga qarab qochayotgan karlarga oʻxshatmoqda. Oʻzi hech narsani eshitmaydigan kar, shuning ustiga, yana eshitib qolmay deb, eshitish ehtimoli bor joydan uzoqroqqa qochadi. Bu vasf kofirlarning Islom daʼvatidan yiroqda boʻlish uchun naqadar harakat qilishlarini bildiradi. Ularning iymonga kelmaganliklari Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamda yoki Islom daʼvatida kamchilik borligini emas, balki kofirlarning qalblarida tuzalmas maraz mavjudligini koʻrsatadi.