وَمَآ أَنتَ بِهَـٰدِى ٱلْعُمْىِ عَن ضَلَـٰلَتِهِمْ ۖ إِن تُسْمِعُ إِلَّا مَن يُؤْمِنُ بِـَٔايَـٰتِنَا فَهُم مُّسْلِمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen ko`rlarni zalolatdan hidoyatga solguvchi emassan. Sen faqat musulmon bo`lgan hollarida oyatlarimizga iymon keltiradiganlargagina eshittira olursan.Сен кўрларни залолатдан ҳидоятга солгувчи эмассан. Сен фақат мусулмон бўлган ҳолларида оятларимизга иймон келтирадиганларгагина эшиттира олурсан.Alauddin Mansour: Yana siz koʻrlarni ham zalolatlaridan (chiqarib, haq yoʻlga) hidoyat qila olguvchi emasdirsiz. Siz faqat Bizning oyatlarimizga iymon keltirib, musulmon boʻladigan kishilargagina uqtira olursiz.Яна сиз кўрларни ҳам залолатларидан (чиқариб, ҳақ йўлга) ҳидоят қила олгувчи эмасдирсиз. Сиз фақат Бизнинг оятларимизга иймон келтириб, мусулмон бўладиган кишиларгагина уқтира олурсиз.
Kofirlar oʻlik, kar boʻlish bilan birga, koʻr hamdirlar. Sen, ey Paygʻambar, u koʻrlarni adashib yurgan yoʻllaridan qaytarib, toʻgʻri yoʻlga hidoyat qila olmassan.
«Sen faqat musulmon boʻlgan hollarida oyatlarimizga iymon keltiradiganlargagina eshittira olursan.»
Qalblari ilohiy oyatlarni qabul qilib olishga tayyor, butun borliqlari bilan Allohga taslim boʻlgan, oʻzlari tirik, quloqlari ding, koʻzlari oʻtkir kishilargagina daʼvatingni eshittira olasan. Ana oʻshalarga katta eʼtibor ber. Kofirlar bilan hisob-kitob qilish vaqti keladi.