وَأَصْبَحَ فُؤَادُ أُمِّ مُوسَىٰ فَـٰرِغًا ۖ إِن كَادَتْ لَتُبْدِى بِهِۦ لَوْلَآ أَن رَّبَطْنَا عَلَىٰ قَلْبِهَا لِتَكُونَ مِنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Musoning onasining qalbi bo`shab qoldi. Mo`minlardan bo`lishi uchun qalbini mustahkam bog`lamaganimizda, uni bildirib qo`yishiga sal qoldi.Мусонинг онасининг қалби бўшаб қолди. Мўминлардан бўлиши учун қалбини мустаҳкам боғламаганимизда, уни билдириб қўйишига сал қолди.Alauddin Mansour: Muso (daryoda oqib ketgach), onasining qalbi boʻm-boʻsh boʻlib qoldi. Agar Biz («Musoni oʻzingga qaytarurmiz», degan vaʼdamizga) iymon keltirguvchilardan boʻlishi uchun uning koʻnglini xotirjam qilmaganimizda, albatta, u (Muso oʻzining oʻgʻli ekanini) ochib qoʻygan boʻlur edi.Мусо (дарёда оқиб кетгач), онасининг қалби бўм-бўш бўлиб қолди. Агар Биз («Мусони ўзингга қайтарурмиз», деган ваъдамизга) иймон келтиргувчилардан бўлиши учун унинг кўнглини хотиржам қилмаганимизда, албатта, у (Мусо ўзининг ўғли эканини) очиб қўйган бўлур эди.
Ona uchun dunyoda yangi tuqqan bolasidan ajrashdek musiybat yoʻq. Muso alayhissalomning onalari boshiga ham ana shu tashvish tushdi. Lekin Alloh taolo u kishining qalbiga sabr soldi. Aks holda, bolasiga mehri qoʻzib, u mening bolam, deb bildirib qoʻyishi mumkin edi. Alloh taolo u ayol Oʻziga iymon keltirib, balo-ofatlarga va sinovlarga chidaydigan moʻminalardan boʻlishi uchun unga oʻsha fazilatni ato etdi. Muso alayhissalomning onasi sabr-toqatli boʻldi. Ayni choqda, Allohning marhamatidan umidvor boʻlib, moʻminlik sifati ila jigargoʻshasiga qayta yetishish chorasini axtara boshladi.