QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qasas surasi · Oyatсураси · Оят9

وَقَالَتِ ٱمْرَأَتُ فِرْعَوْنَ قُرَّتُ عَيْنٍ لِّى وَلَكَ ۖ لَا تَقْتُلُوهُ عَسَىٰٓ أَن يَنفَعَنَآ أَوْ نَتَّخِذَهُۥ وَلَدًا وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Fir'avnning xotini: «(Bu bola) men uchun ham, sen uchun ham ko`z quvonchidir. Uni o`ldirmanglar. Shoyadki, u bizga foyda bersa yoki uni bola qilib olsak», dedi. Holbuki, ular sezmasdilar.Фиръавннинг хотини: «(Бу бола) мен учун ҳам, сен учун ҳам кўз қувончидир. Уни ўлдирманглар. Шоядки, у бизга фойда берса ёки уни бола қилиб олсак», деди. Ҳолбуки, улар сезмасдилар.Alauddin Mansour: Firʼavnning xotini (unga): «(Bu bola) men uchun ham, sen uchun ham koʻz quvonchidir. Uni oʻldirmanglar. Shoyadki, uning bizlarga nafi tegsa yoki uni bola qilib olsak», dedi. Ular (oʻzlarining halokatlari shu goʻdak qoʻlida ekanini) sezmagan hollarida (uni bola qilib oldilar).Фиръавннинг хотини (унга): «(Бу бола) мен учун ҳам, сен учун ҳам кўз қувончидир. Уни ўлдирманглар. Шоядки, унинг бизларга нафи тегса ёки уни бола қилиб олсак», деди. Улар (ўзларининг ҳалокатлари шу гўдак қўлида эканини) сезмаган ҳолларида (уни бола қилиб олдилар).

386-sahifa · 20-juz · 39-hizb386-саҳифа · 20-жуз · 39-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَقَالَتِva dediва дедиٱمْرَأَتُxotiniхотиниفِرْعَوْنَFirʼavnningФиръавннингقُرَّتُquvonchidirқувончидирعَيْنٍۢkoʻzкўзلِّىmen uchunмен учунوَلَكَ ۖva sen uchunва сен учунلَاemasэмасتَقْتُلُوهُuni oʻldirmanglarуни ўлдирмангларعَسَىٰٓshoyadkiшоядкиأَن(ki)(ки)يَنفَعَنَآu bizga foyda bersaу бизга фойда берсаأَوْyokiёкиنَتَّخِذَهُۥuni olsakуни олсакوَلَدًۭاbola qilibбола қилибوَهُمْholbuki, ularҳолбуки, уларلَاemasэмасيَشْعُرُونَsezmasdilarсезмасдилар
TafsirТафсир

Odatda hech qachon yumshamaydigan Firʼavnni Alloh taolo eng nozik joyidan oldi. Uning xotinini ishga soldi. Oʻsha xotinning qalbiga goʻdakning muhabbatini joyladi. Firʼavnning xotini: «(Bu bola) men uchun ham, sen uchun ham koʻz quvonchidir», dedi. Juda ham istarasi issiq, murgʻak goʻdak ekan, koʻrgan odamning koʻzi quvonadi, biz ham uni koʻrib quvonib yuraylik, dedi. «Uni oʻldirmanglar», dedi. Tirik qolsin. Boqib, tarbiya qilib oʻstirsak, «Shoyadki, u bizga foyda bersa yoki uni bola qilib olsak», dedi». Boqib oʻstirganimizdan keyin u bizga foyda berishi mumkin, ehtimol, yaxshiroq boʻlsa, oʻzimizga bola qilib olarmiz, dedi. «Holbuki, ular sezmasdilar.»

Ular Musoning kelajakda oʻzlariga dushman va gʻam-gʻussa boʻlishini (xotindan boshqasiga) sezmaydigan holatda edilar. Firʼavn xotinining gapi bilan goʻdak Musoni oʻldirmay, boqib olishga qaror qildilar. Daryoga bolasini oqizib yuborgan: