فَٱلْتَقَطَهُۥٓ ءَالُ فِرْعَوْنَ لِيَكُونَ لَهُمْ عَدُوًّا وَحَزَنًا ۗ إِنَّ فِرْعَوْنَ وَهَـٰمَـٰنَ وَجُنُودَهُمَا كَانُوا۟ خَـٰطِـِٔينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, Fir'avn oilasi uni o`zlariga dushman va g`am-g`ussa bo`lishi uchun tutib oldilar. Albatta, Fir'avn, Homon va ikkovlarining askarlari xatokorlardan bo`lgan edilar.Бас, Фиръавн оиласи уни ўзларига душман ва ғам-ғусса бўлиши учун тутиб олдилар. Албатта, Фиръавн, Ҳомон ва икковларининг аскарлари хатокорлардан бўлган эдилар.Alauddin Mansour: Bas, uni Firʼavn xonadoni (oʻsib-ulgʻaygach), oʻzlariga dushman va gʻam-tashvish boʻlishi uchun tutib oldilar. Albatta, Firʼavn, Homon va ularning lashkarlari xato qilguvchi boʻldilar.Бас, уни Фиръавн хонадони (ўсиб-улғайгач), ўзларига душман ва ғам-ташвиш бўлиши учун тутиб олдилар. Албатта, Фиръавн, Ҳомон ва уларнинг лашкарлари хато қилгувчи бўлдилар.
Ichiga goʻdak Muso solingan sandiq daryodan oqib borib Firʼavn qasridagi boqqa kirdi.
«Bas, Firʼavn oilasi uni oʻzlariga dushman va gʻam-gʻussa boʻlishi uchun tutib oldilar.»
Kelajakda Muso ulgʻayib, Firʼavn oilasiga dushman va gʻam-gʻussa boʻlishini Alloh taolo iroda qilgan edi. Firʼavn dushman va gʻam- gʻussadan qutulishning barcha chorasini koʻrsa-da, Alloh Oʻz irodasi ila dushman va gʻam-gʻussani ularning ichlariga solib qoʻydi. Muso hech narsaga qodir boʻlmagan, hatto, oʻziga kerak gʻizoni ham tanovul qila olmaydigan goʻdak holida dushmanning qoq oʻrtasiga kelib tushdi.
«Albatta, Firʼavn, Homon va ikkovlarining askarlari xatokorlardan boʻlgan edilar.»
Ular xato ishni bila turib qilar edilar. Bunday odamlar hech narsadan qaytmaydilar. Shuning uchun ham, Bani Isroilning yangi tugʻilgan oʻgʻil bolalarini oʻldirishdan ham qaytmadilar. Bunday odamlar huzurlariga daryoda oqib kelgan oʻgʻil bolani darhol oʻldirishlari turgan gap edi. Shunday qilmoqchi boʻldilar ham. Ammo: