QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qasas surasi · Oyatсураси · Оят7

وَأَوْحَيْنَآ إِلَىٰٓ أُمِّ مُوسَىٰٓ أَنْ أَرْضِعِيهِ ۖ فَإِذَا خِفْتِ عَلَيْهِ فَأَلْقِيهِ فِى ٱلْيَمِّ وَلَا تَخَافِى وَلَا تَحْزَنِىٓ ۖ إِنَّا رَآدُّوهُ إِلَيْكِ وَجَاعِلُوهُ مِنَ ٱلْمُرْسَلِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Musoning onasiga: «Uni emizaver. Bas, (unga yomonlik yetishidan) qo`rqqan chog`ingda uni daryoga tashla, qo`rqma, xafa bo`lma, Biz, albatta, uni senga qaytarguvchimiz va Payg`ambarlardan qilguvchimiz», deb vahiy qildik.Ва Мусонинг онасига: «Уни эмизавер. Бас, (унга ёмонлик етишидан) қўрққан чоғингда уни дарёга ташла, қўрқма, хафа бўлма, Биз, албатта, уни сенга қайтаргувчимиз ва Пайғамбарлардан қилгувчимиз», деб ваҳий қилдик.Alauddin Mansour: Biz Musoning onasiga (Musoni tugʻib, uni ham Firʼavn odamlari kelib oʻldirishlaridan qoʻrqib turgan paytida) vahiy qildikki: «Uni emizavergin. Bas, qachon (Firʼavn odamlari oʻgʻil koʻrganingni bilishib qolib, uni oʻldirib ketishlaridan) qoʻrqsang, uni daryoga tashlagin va qoʻrqmagin ham, qaygʻurmagin ham. Zero, Biz uni senga (yaʼni, tirik holida) qaytarguvchidirmiz va uni paygʻambarlardan qilguvchidirmiz».Биз Мусонинг онасига (Мусони туғиб, уни ҳам Фиръавн одамлари келиб ўлдиришларидан қўрқиб турган пайтида) ваҳий қилдикки: «Уни эмизавергин. Бас, қачон (Фиръавн одамлари ўғил кўрганингни билишиб қолиб, уни ўлдириб кетишларидан) қўрқсанг, уни дарёга ташлагин ва қўрқмагин ҳам, қайғурмагин ҳам. Зеро, Биз уни сенга (яъни, тирик ҳолида) қайтаргувчидирмиз ва уни пайғамбарлардан қилгувчидирмиз».

386-sahifa · 20-juz · 39-hizb386-саҳифа · 20-жуз · 39-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَأَوْحَيْنَآva vahiy qildikва ваҳий қилдикإِلَىٰٓ-ga-гаأُمِّonasiонасиمُوسَىٰٓMusoningМусонингأَنْ...deb...дебأَرْضِعِيهِ ۖuni emizaverуни эмизаверفَإِذَاbas, qachonkiбас, қачонкиخِفْتِqoʻrqsangқўрқсангعَلَيْهِunga (yomonlik yetishidan)унга (ёмонлик етишидан)فَأَلْقِيهِbas, uni tashlaбас, уни ташлаفِىichigaичигаٱلْيَمِّdaryoдарёوَلَاva emasва эмасتَخَافِىqoʻrqmaқўрқмаوَلَاva emasва эмасتَحْزَنِىٓ ۖxafa boʻlmaхафа бўлмаإِنَّاalbatta, Bizалбатта, Бизرَآدُّوهُuni qaytarguvchimizуни қайтаргувчимизإِلَيْكِsengaсенгаوَجَاعِلُوهُva uni qilguvchimizва уни қилгувчимизمِنَ-dan-данٱلْمُرْسَلِينَPaygʻambarlarПайғамбарлар
TafsirТафсир

Ulamolarimiz ushbu oyatdagi «vahiy»ning ilhom maʼnosida kelganini taʼkidlaganlar. Chunki, Muso alayhissalomning onalari Paygʻambar boʻlmaganlar, demak, u kishiga vahiy kelmasligi ham aniq. Qolaversa, arab tilida, jumladan, Qurʼoni Karimda «vahiy» soʻzi Paygʻambarlarga kelgan maxsus xabardan boshqa maʼnoda ham ishlatiladi. Masalan, asalariga vahiy qildik, degan maʼno ham bor.

Muso alayhissalom nihoyatda xatarli bir vaqtda dunyoga kelganidan, onalari nima qilarini bilmay qoldi. Firʼavnning aygʻoqchilari yangi tugʻilgan goʻdak oʻgʻilligini sezib qolishsa, uni onasidan tortib olib oʻldirishlari mumkin. Nima qilish kerak? Biror chorasi bormi? Insonning qoʻlida hech qanday chora yoʻq. Shunda Alloh taoloning Oʻzi aralashdi.

«Va Musoning onasiga: «Uni emizaver. Bas, (unga yomonlik yetishidan) qoʻrqqan chogʻingda uni daryoga tashla...» deb bildirdi.

Baribir oʻlib ketadi, deb bolani tashlab qoʻyma, uni emizaver, noumid boʻlma. Agar uni Firʼavn odamlari oʻldiradi, deb qoʻrqsang, bolani sandiqqa solib daryoga tashla.

«...qoʻrqma, xafa boʻlma...»

Bolamga nima boʻlar ekan, deb qoʻrqma. Jigargoʻshamdan ayrilib qolyapman, deb xafa boʻlma.

«...Biz, albatta, uni senga qaytarguvchimiz va Paygʻambarlardan qilguvchimiz, deb vahiy qildik.»

Yaʼni, Biz bolangni tezda oʻzingga qaytaramiz va uni oʻzing emizasan. Kelajakda esa, uni Paygʻambarlardan qilamiz.

Arab tilshunos olimlari bu oyati karimani Qurʼoni Karimning yuksak darajadagi balogʻat va fasohatiga misol sifatida keltiradilar. Alloh taolo birgina oyatda:

ikkita buyruq–«emizaver» va «daryoga tashla»,

ikkita qaytarish–«qoʻrqma», «xafa boʻlma»,

ikkita bashorat–«uni senga qaytaramiz» va «Paygʻambarlardan qilguvchimiz» juftliklarini ishlatgandir.

Muso alayhissalomning onalari koʻngillariga Alloh taolo ilhom etgan buyruqni bajardilar. Goʻdakni sandiqqa solib, daryoga oqizib yubordilar.