QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qasas surasi · Oyatсураси · Оят6

وَنُمَكِّنَ لَهُمْ فِى ٱلْأَرْضِ وَنُرِىَ فِرْعَوْنَ وَهَـٰمَـٰنَ وَجُنُودَهُمَا مِنْهُم مَّا كَانُوا۟ يَحْذَرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Fir'avn, Homon va ikkovining askarlariga ular(Bani Isroil)dan qo`rqqan narsalarini ko`rsatishni istaymiz.Фиръавн, Ҳомон ва икковининг аскарларига улар(Бани Исроил)дан қўрққан нарсаларини кўрсатишни истаймиз.Alauddin Mansour: Yana ularni oʻsha yerda barqaror qilib, Firʼavn va (uning vaziri) Homonga hamda ikkovining lashkarlariga (Bani Isroil) tomonidan oʻzlari qoʻrquvchi boʻlgan narsani (yaʼni, mulku-davlatlari qoʻllaridan ketib, hukmu saltanat Bani Isroil qavmining qoʻliga oʻtishini) koʻrsatib qoʻyishni (istaymiz).Яна уларни ўша ерда барқарор қилиб, Фиръавн ва (унинг вазири) Ҳомонга ҳамда икковининг лашкарларига (Бани Исроил) томонидан ўзлари қўрқувчи бўлган нарсани (яъни, мулку-давлатлари қўлларидан кетиб, ҳукму салтанат Бани Исроил қавмининг қўлига ўтишини) кўрсатиб қўйишни (истаймиз).

386-sahifa · 20-juz · 39-hizb386-саҳифа · 20-жуз · 39-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَنُمَكِّنَva imkonlar berishniва имконлар беришниلَهُمْulargaуларгаفِى-da-даٱلْأَرْضِyer yuziер юзиوَنُرِىَva koʻrsatishniва кўрсатишниفِرْعَوْنَFirʼavngaФиръавнгаوَهَـٰمَـٰنَva Homongaва Ҳомонгаوَجُنُودَهُمَاva ikkovining askarlarigaва икковининг аскарларигаمِنْهُمulardanуларданمَّاnarsaniнарсаниكَانُوا۟edilarэдиларيَحْذَرُونَqoʻrqarқўрқар
TafsirТафсир

Firʼavn xohlagan ishini iroda qilaversin, uning istagi hech qachon amalga oshmaydi. Bu dunyoda ham, u dunyoda ham faqat Alloh taoloning istagani boʻladi. Alloh taolo nimalarni istaydi?

«Biz esa, yer yuzida ezilganlarga beminnat neʼmat berishni...» istaymiz.

Ha, Firʼavn zulmidan yer yuzida ezilib, uning istibdodi ostida azob chekib yashagan, ogʻir kunlarni boshidan kechirgan, oʻgʻillari soʻyilib, qizlari tirik qoldirilganlarga Alloh taolo beminnat neʼmat berishni istaydi. Oʻshal neʼmatning son-sanogʻini aytmaydi. Miqdorini ham Uning Oʻzi biladi.

«...ularni peshvo qilishni...» istaymiz.

Ezilganlar hozir xoru zor boʻlib yurgan boʻlsalar ham, kelajakda ularning peshvo, yaxshi ishlarga bosh-qosh va boshqalarni iziga ergashtiradigan insonlar boʻlishini xohlaymiz.

«...va ularni vorislar qilishni...» istaymiz.

Ular Firʼavn va uning odamlariga u halok boʻlganidan keyin yer yuzida voris boʻlib qoladilar.

«...va yer yuzida ularga imkonlar berishni...» xohlaymiz.

Hozir ezilayotganlarga keyinchalik yer yuzida yengillik yaratib, kuch-quvvat, molu mulk va boshqa imkoniyatlar beramiz.

«...Firʼavn, Homon va ikkovining askarlariga ular(Bani Isroil)dan qoʻrqqan narsalarini koʻrsatishni istaymiz.»

Homon–Firʼavnning vaziri. U har doim Firʼavn qiladigan yomonliklarga boshu qosh boʻlib kelgan.

Firʼavn, Homon va ikkovining askarlari Bani Isroildan nima uchun qoʻrqar edilar? Aniqki, mulklariga zavol yetishidan qoʻrqar edilar. Alloh taolo ular qoʻrqqan narsani aynan Bani Isroil orqali koʻrsatishni vaʼda qilmoqda.

Bu gap oʻtgan zamondagi zolimlar azobi va ozorlaridan alam chekayotgan musulmonlar qalbiga tasalli beradi. Ularning qalblariga umid bagʻishlaydi. Chunki, Alloh doimo ezilgan moʻminlarga yordam berib kelgan.

Ushbu muqaddimadan keyin bevosita Muso alayhissalom qissalari boshlanadi: