وَنُرِيدُ أَن نَّمُنَّ عَلَى ٱلَّذِينَ ٱسْتُضْعِفُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ وَنَجْعَلَهُمْ أَئِمَّةً وَنَجْعَلَهُمُ ٱلْوَٰرِثِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz esa, yer yuzida ezilganlarga beminnat ne'mat berishni, ularni peshvo qilishni, ularni vorislar qilishni va yer yuzida ularga imkonlar berishniБиз эса, ер юзида эзилганларга беминнат неъмат беришни, уларни пешво қилишни, уларни ворислар қилишни ва ер юзида уларга имконлар беришниAlauddin Mansour: Biz esa u yerda xorlangan kishilarga marhamat qilishni, ularni (xor-bechoralikdan chiqarib, barchaga peshvo zotlarga aylantirishni va ularni (Firʼavn mulkining) vorislari qilishni istaymiz.Биз эса у ерда хорланган кишиларга марҳамат қилишни, уларни (хор-бечораликдан чиқариб, барчага пешво зотларга айлантиришни ва уларни (Фиръавн мулкининг) ворислари қилишни истаймиз.
Firʼavn xohlagan ishini iroda qilaversin, uning istagi hech qachon amalga oshmaydi. Bu dunyoda ham, u dunyoda ham faqat Alloh taoloning istagani boʻladi. Alloh taolo nimalarni istaydi?
«Biz esa, yer yuzida ezilganlarga beminnat neʼmat berishni...» istaymiz.
Ha, Firʼavn zulmidan yer yuzida ezilib, uning istibdodi ostida azob chekib yashagan, ogʻir kunlarni boshidan kechirgan, oʻgʻillari soʻyilib, qizlari tirik qoldirilganlarga Alloh taolo beminnat neʼmat berishni istaydi. Oʻshal neʼmatning son-sanogʻini aytmaydi. Miqdorini ham Uning Oʻzi biladi.
«...ularni peshvo qilishni...» istaymiz.
Ezilganlar hozir xoru zor boʻlib yurgan boʻlsalar ham, kelajakda ularning peshvo, yaxshi ishlarga bosh-qosh va boshqalarni iziga ergashtiradigan insonlar boʻlishini xohlaymiz.
«...va ularni vorislar qilishni...» istaymiz.
Ular Firʼavn va uning odamlariga u halok boʻlganidan keyin yer yuzida voris boʻlib qoladilar.
«...va yer yuzida ularga imkonlar berishni...» xohlaymiz.
Hozir ezilayotganlarga keyinchalik yer yuzida yengillik yaratib, kuch-quvvat, molu mulk va boshqa imkoniyatlar beramiz.
«...Firʼavn, Homon va ikkovining askarlariga ular(Bani Isroil)dan qoʻrqqan narsalarini koʻrsatishni istaymiz.»
Homon–Firʼavnning vaziri. U har doim Firʼavn qiladigan yomonliklarga boshu qosh boʻlib kelgan.
Firʼavn, Homon va ikkovining askarlari Bani Isroildan nima uchun qoʻrqar edilar? Aniqki, mulklariga zavol yetishidan qoʻrqar edilar. Alloh taolo ular qoʻrqqan narsani aynan Bani Isroil orqali koʻrsatishni vaʼda qilmoqda.
Bu gap oʻtgan zamondagi zolimlar azobi va ozorlaridan alam chekayotgan musulmonlar qalbiga tasalli beradi. Ularning qalblariga umid bagʻishlaydi. Chunki, Alloh doimo ezilgan moʻminlarga yordam berib kelgan.
Ushbu muqaddimadan keyin bevosita Muso alayhissalom qissalari boshlanadi: