وَقَالَتْ لِأُخْتِهِۦ قُصِّيهِ ۖ فَبَصُرَتْ بِهِۦ عَن جُنُبٍ وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U(ona) u(Muso)ning opasiga: «Izidan bor», dedi. Bas, uni bir chetdan ko`rdi. Holbuki, ular sezmasdilar.У(она) у(Мусо)нинг опасига: «Изидан бор», деди. Бас, уни бир четдан кўрди. Ҳолбуки, улар сезмасдилар.Alauddin Mansour: Va (Musoning onasi) uning opasiga: «Uning (ortidan) tushgin», dedik. Bas, u (Firʼavn xonadonidagilar) sezmagan hollarida (Musoni) uzoqdan kuzatib turdi.Ва (Мусонинг онаси) унинг опасига: «Унинг (ортидан) тушгин», дедик. Бас, у (Фиръавн хонадонидагилар) сезмаган ҳолларида (Мусони) узоқдан кузатиб турди.
Muso alayhissalomning onalari u kishining opasiga, qizim, ukangning izidan bor, dedilar. Qiz asta panalab borib, sandiqning Firʼavn bogʻiga oqib kirganini, ular sandiqdan bolani chiqarib olishganini va boshqa hodisalarni koʻrdi. Firʼavn ahli esa bu ishlarni sezmadilar.