۞ وَحَرَّمْنَا عَلَيْهِ ٱلْمَرَاضِعَ مِن قَبْلُ فَقَالَتْ هَلْ أَدُلُّكُمْ عَلَىٰٓ أَهْلِ بَيْتٍ يَكْفُلُونَهُۥ لَكُمْ وَهُمْ لَهُۥ نَـٰصِحُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va bundan oldin unga emizguvchilarni harom qilgan edik. Bas, (opasi): «Men sizlarga uni siz uchun kafillikka oladigan va unga nasihatgo`y bo`lguvchi ahli baytni aytib beraymi?» dedi.Ва бундан олдин унга эмизгувчиларни ҳаром қилган эдик. Бас, (опаси): «Мен сизларга уни сиз учун кафилликка оладиган ва унга насиҳатгўй бўлгувчи аҳли байтни айтиб берайми?» деди.Alauddin Mansour: Biz avval (Musoga barcha) emizguvchi ayollarni harom qildik (bas, u biron ayolni emmadi), shunda (uning opasi kelib): «Men sizlarga unga kafil boʻlib (emizadigan) va unga xolis (tarbiya beradigan) bir oilani koʻrsataymi?», dedi.Биз аввал (Мусога барча) эмизгувчи аёлларни ҳаром қилдик (бас, у бирон аёлни эммади), шунда (унинг опаси келиб): «Мен сизларга унга кафил бўлиб (эмизадиган) ва унга холис (тарбия берадиган) бир оилани кўрсатайми?», деди.
Allohning hikmatli tadbiri oldida hech narsa toʻsiq boʻla olmaydi. Avval Firʼavn oilasi aʼzolari qalbiga Muso alayhissalomning muhabbatini solib, goʻdakni oʻldirmasdan, boqib olish uchun qaror qildirdi. Endi ular murgʻak Musoni emizish uchun sutli ayol qidira boshladilar. Musoning opasi Firʼavn qasriga yaqinlashganida, ular Musoga emizuvchi ayol topa olmay xunob edilar.
«Va bundan oldin unga emizguvchilarni harom qilgan edik.»
Qancha emizuvchi ayolni keltirsalar ham, Muso alayhissalom ularni emmadilar. Bu hol ham Alloh taoloning hikmatli tadbiri edi. Bundan xabar topgan Musoning opasi Firʼavn oilasining hech narsani sezmaganligidan foydalanib:
«Men sizlarga uni siz uchun kafillikka oladigan va unga nasihatgoʻy boʻlguvchi ahli baytni aytib beraymi?» dedi».
Sizlarga uni emizib, boqib, katta qilib beradigan oilani koʻrsatib beraymi, dedi.
Bu taklifga ahli Firʼavn jon deb rozi boʻldilar.